Nufuzli Wargaming kompaniyasi O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaradi

Nufuzli Wargaming kompaniyasi O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaradi

Belarusiyaning Minsk shahrida O‘zbekistonning «O‘zbektelekom» hamda Belarusiya Respublikasining Wargaming kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi. Mazkur bitim asosida kompaniyalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarishda hamkorlik qiladilar. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar bergan.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Belarusiyadagi tashrifi doirasida tashkil etilgan. Bungacha ham 14 mart kuni Toshkent shahrida kompaniya vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ham ikki tomonlama hamkorlik rejalari muhokama qilingan edi.

1998 yilda asos solingan Wargaming kompaniyasi – kompyuter o‘yinlarini yaratish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. 18 yillik faoliyati davomida kompaniya 15 dan ziyod turli platformalarga mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqqan. Ular orasida World of Tanks, World of Warplanes hamda World of Warships kompyuter o‘yinlari eng ommalashganlaridir.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!