O‘yla Izla Top – o‘zbek dasturchilaridan qiziqarli o‘yin

O‘yla Izla Top – o‘zbek dasturchilaridan qiziqarli o‘yin

Play Store resursida o‘zbekistonlik dasturchilar tomonidan yaratilgan O‘yla Izla Top o‘yini asta-sekin ommalashishni boshlamoqda. Hozirgacha o‘yin 50 ming marta yuklab olingan. Mazkur o‘yin Namangan Intellect Software Developers tomonidan QuickApp Ninja dasturi asosida yaratilgan.

O‘yinda berilgan rasmlarga tayanib, kerakli so‘zni topish talab etiladi. So‘zlarni to‘g‘ri topgan sayin tangalar to‘planib boriladi. Shuningdek, o‘yinni Odnoklassniki, Facebook ijtimoiy tarmoqlarda ulashish hamda demo-videoni ko‘rish orqali ham yordam tangalarini olish mumkin. Menyudagi “Share” tugmasi yordamida o‘yinni ulashsa bo‘ladi.

Screenshot_2016-09-24-19-25-13 Screenshot_2016-09-24-19-21-33

O‘yinda topish kerak bo‘lgan so‘zlar o‘zbek tilida. Ammo negadir o‘yin menyulari ingliz tilida ishlangan. Suratlar kombinatsiya bilan bog‘liq so‘zlar to‘g‘ri topilgach, foydalanuvchi keyingi bosqichga o‘tadi. Bundan tashqari, biror so‘zni topolmaganda, ko‘mak opsiyasidan foydalanishingiz (ma’lum tangalar evaziga) yoki Messenger, Odnoklassniki va Telegram’ga savol skrinshotini yuborish orqali do‘stlaringizdan yordam so‘rashishingiz mumkin.

Screenshot_2016-09-24-19-31-49 Screenshot_2016-09-24-19-41-46

O‘yin nisbatan sifatli ishlangan. Aqlni charxlash, mantiqni ishga solishni o‘rganishda yordam beradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!