«Odnoklassniki» o‘yinlar uchun desktop ilovani taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  1089
  •  06.02.2018 17:55

«Odnoklassniki» o‘yinlar uchun desktop ilovani taqdim etdi

O‘zbekistonda ham ommalashgan «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi kompyuterlar uchun «OK O‘yinlar» («OK Igri») o‘yin ilovasini ishga tushirdi.

O‘QING: «Odnoklassniki» o‘ta foydali bir funksiya bilan kuchaytirildi

Ushbu ilova foydalanuvchilarga qo‘shimcha servislarni yuklab olmasdan hamda saytning o‘ziga o‘tmasdan turib ijtimoiy tarmoq o‘yinlarini o‘ynash imkonini beradi. «OK O‘yinlar»da katalog bo‘ylab o‘yinlarni izlash, aksiyalar va arzonlatilgan xaridlar haqidagi yangiliklarni hamda o‘yinlar reytinglarini olib turish mumkin.

Mazkur ilovadagi to‘lov usullari ham «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘idagi usullar bilan bir xildir. «OK O‘yinlar» dasturining foydalanuvchilar auditoriyasi o‘n millionlarni tashkil etishi kutilmoqda.

Kompaniyadan aniqlik kiritishlaricha, Mac  va boshqa platformalar uchun «OK O‘yinlar» taqdim etilishi masalasi bu ilovaning Windows talqini natijalariga qarab hal etiladi.

O‘QING: "Odnoklassniki" kayfiyat ulashuvchi servisini ishga tushirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!