«Odnoklassniki» videoreklamadan tushayotgan daromadni 3 baravarga oshirdi

  •   DiMaX
  •  747
  •  09.03.2018 12:41

«Odnoklassniki» videoreklamadan tushayotgan daromadni 3 baravarga oshirdi

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i reklamadan tushayotgan mablag‘larni yildan yilga oshirib borgani va, shu tariqa, reklama ijtimoiy tarmoq daromadlari rivojining asosiy harakatlantiruvchisi bo‘lib qolayotgani qayd etilmoqda. 2017 yilda OK media reklamasini joylashtirish uchun asosiy maydonchalardan biri bo‘lib qoldi: ijtimoiy tarmoqning ushbu segmentdagi daromadlari 36%ga oshdi. Bunga yangi reklama formatlarining paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi, u o‘z navbatida joylashtirishlar samaradorligining oshishiga olib keldi.

O‘QING: «Odnoklassniki» o‘ta foydali bir funksiya bilan kuchaytirildi

O‘tgan yili eng tez o‘suvchi formatlardan biri videoreklama bo‘ldi, deya ta’kidlanmoqda. OK daromadining videoreklama joylashtirishdan kelgan hajmi amalda uch baravarga ko‘paydi va 177%ni tashkil etdi. Reklama beruvchilar videodan media joylashtirishlar uchun ham, performance-marketing uchun ham foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi: ijtimoiy tarmoqda bosiluvchi, ya’ni klikabel reklama paydo bo‘ldi, u saytga, ilovalar do‘konidagi sahifaga yoki telefon qo‘ng‘irog‘iga olib borishi mumkin. Natijada performance-videoreklamani myTarget tizimi orqali joylashtiruvchi reklama beruvchilarning o‘sishi 205%ni tashkil etdi.

2017 yilda «Odnoklassniki»da mobil reklama o‘sish sur’atlari oshdi. Ijtimoiy tarmoqning mobil formatlarda reklama joylashtirishdan ko‘rgan daromadlari o‘tgan yildagi 29% o‘rniga 32 %ga ko‘paydi. OK bir nechta yangi mobil formatlarni ishga tushirdi – chunonchi, Canvas to‘liq ekranli reklamasi; u OKning mobil ilovalarida video, fotosuratlar, harakatga va saytga o‘tishga chorlovchi tugmachalar bilan xuddi to‘liq sahifa kabi ochiladi.

Oxirgi yil mobaynida «Odnoklassniki» biznesning har xil vertikallari uchun bir nechta yangi reklama formatlarini ishga tushirdi va eng texnologik reklama onlayn-maydonchalaridan biriga aylandi. OK’da harakatga o‘tishga chorlovchi «faol tugmachalar» bilan reklama, Lead Ads buyurtmalarini yig‘ish usuli, tovarlar kartochkalarini ilgari surish va boshqa formatlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: «Odnoklassniki» o‘yinlar uchun desktop ilovani taqdim etdi

Anton Fedchin, «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i rahbari:

– Videoreklamadan tushayotgan daromadlar bir necha yildan beri muntazam o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. OK’da 2017 yil mobaynida videotomoshalar 60%ga o‘sdi, bizda ko‘p mohir kontent va eksklyuziv uzatishlar paydo bo‘ldi, bu esa reklama beruvchilar tomonidan videoga bo‘lgan qiziqishni orttirdi. Umuman, bu byudjetlarning TV’dan digital’ga qayta taqsimlanishi trendiga mos keladi. 2017 yilda biz ishga tushirgan yangi reklama formatlari reklama beruvchilar joylashtirishlarining samaradorligini oshirish imkonini berdi, bu esa o‘z navbatida OK’ning butun reklama yo‘nalishi o‘sishiga yordam berdi.

Elina Isagulova, Mail.Ru Group vitse-prezidenti, tijorat direktori:

– O‘tgan yili biz nafaqat reklama formatlari tanlovini kengaytirdik, balki yana ular bilan ishlash jihozlari yig‘indisini ham ko‘paytirdik, targetinglar soni esa 400 taga yetdi. Biz trafik sifatini qat’iy nazorat qilamiz va reklama beruvchilarga mustaqil reklama auditi natijalari bilan tanishishga imkon beramiz. Bu omillarning yig‘indisi «Odnoklassniki» reklama daromadlarining barcha yo‘nalishlar bo‘ylab o‘sishiga olib keldi.

O‘QING: «Odnoklassniki» ko‘rishlar sonini aks ettira boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!