OnePlus 11 Concept: "The Way of Water" (Suv Yo'li)

OnePlus 11 Concept:

Hozirda Ispaniyaning Barselonasida MWC 2023 tadbiri bo'lib o'tmoqda va unda ko'plab texnogigantlar o'zlarining bir-biridan ajoyib texnologiyalarini taqdim qilishmoqda. Ulardan biri barchamizga ma'lum va mashhur bo'lgan OnePlus brendi bo'lib, u o'zining bir necha haftadan beri tizer qilayotgan OnePlus 11 Concept smartfonini taqdim qildi.

OnePlus 11 Concept texnik xususiyatlar borasida yaqinda taqdim qilingan OnePlus 11 dan deyarli farq qilmaydi. U o'zining Active CryoFlux sovutish texnologiyasi bilan o'ziga xos hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, bu stol kompyuterlarida o'rnatiladigan suyuqlik bilan qurilmani sovutish tizimining smartfon uchun miniatyuralashtirilgan variantidir. Bunda suyuqlik keramik piezoelektrik mikronasos orqali smartfon orqa qopqog'i ostida joylashgan trubalar bo'ylab aylanadi va qurilmadan issiqlikni so'rib oladi.

Foto: XDA

Ma'lum bo'lishicha, ushbu sovutish tizimi haroratni 2.1°C ga pasaytira oladi. Bu esa sizga o'yinlarda 3-4 fps'ga oshirish imkonini beradi. Active CryoFlux bilan zaryadlanish 30-45 soniyaga tezlashishi mumkin, chunki yangi texnologiya haroratni quvvatlash vaqtida 1.6°C ga pasaytira oladi.

Foto: XDA

OnePlus 11 Concept'ning qolgan e'tiborli xususiyatini uning tashqi ko'rinishida. Kompaniya smartfon orqa tomoni uchun suyuqlik tizimini ko'rsatib turadigan shaffof oynadan foydalangan. Shuningdek, suyuqlik oroli bo'ylab ham oqadi va bu orqa panel dizayni bilan yanada uyg'unlashadi. Qolaversa, oroli ichi "Guilloche" stilida naqshlanganini ham ko'rishimiz mumkin. 

Foto: GSMArena

Nomidan ma'lumki, OnePlus'ning ushbu smartfoni konsept mahsulot hisoblanadi va afsuski, u sotuvga chiqarilishi yoki uning suyuqlik bilan sovutish texnologiyasi boshqa smartfonlarda qo'llanishi haqida ma'lumotlar mavjud emas.

O'QING: Meizu 20 Pro smartfoni AnTuTu sinovidan o‘tdi!