OnePlus 5T’ning asosiy «fishka»sini Samsung yetkazib beradi

  •   DiMaX
  •  1032
  •  30.10.2017 12:10

OnePlus 5T’ning asosiy «fishka»sini Samsung yetkazib beradi

Hali taqdim etilmagan OnePlus 5T smartfoni uchun eng diqqatga sazovor butlovchi qismni koreyalik texnogigant yetkazib beradigan bo‘lyapti. Bu to‘g‘rida GizmoChina nashri xabar bergan.

OnePlus kompaniyasining asosiy shaxslari Pit Lau hamda Karl Pey o‘zlarining Twitter akkauntlarida Samsung kompaniyasining displeylar ishlab chiqishdagi xizmatlarini e’tirof etishgan. Shunga qaraganda, 5T modeli uchun displeylarni aynan Samsung yetkazib bermoqda.

«OLED yanada yupqaroq qurilmalar tayyorlashga hamda tasvir sifatini yaxshilashga yordam beradi. Samsung’ning displeylar yaratish texnologiyasi bugungi kunda Optic AMOLED uchun eng yaxshisidir», degan Pit Lau.

O‘QING: HD, Full HD, Quad HD, Ultra HD – bu terminlar nimani anglatadi?

Gap-so‘zlarga qaraganda, OnePlus 5T modelining eng muhim «fishka»si – mutlaqo yangi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli, Full HD+ sifatli (2160x1080 pikselli), diagonaliga 6 dyuymli OLED-ekran bo‘ladi. Aftidan, bu model uchun OLED-matritsalarni mazkur bozordagi asosiy ishlab chiqaruvchi – Samsung yetkazib beradi. Displey yupqa rom bilan o‘ralganligi sababli, muhandislar smartfonning old panelidagi «Uyga» tugmachasidan voz kechishlariga to‘g‘ri kelgan. Barmoq izi skanerini esa korpusning orqa paneliga ko‘chirishgan. Bu – OnePlus tizimidagi qurilmalar uchun yangicha yechimdir. Insayderlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, OnePlus 5T modeli xuddi OPPO F5’ning nusxasidek taassurot uyg‘otadi.

OnePlus 5T smartfoni hali 16 noyabrda rasman taqdim etiladigan bo‘lsa-da, OppoMart riteyleri o‘z saytida bu smartfon xususiyatlarini allaqachon sotib qo‘ygan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!