OnePlus Apple ustidan kuldi

OnePlus Apple ustidan kuldi

So‘nggi yillarda shiddat bilan smartfon sanoatiga kirib kelayotgan Xitoyning OnePlus kompaniyasi kecha o‘zining Feysbuk sahifasida Apple ustidan kuldi. Hazilga Apple’ning kecha namoyish etilgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus telefonlarida naushnikka mo‘ljallangan uyani olib tashlagani sabab bo‘lgan. OnePlus sahifasida 2016 yilning eng kuchli smartfonlaridan biri deb topilgan OnePlus3 modelining ost tomondan tasviri berilib, quyidagicha post qoldirilgan: “Sizda naushnik bo‘lsa, OnePlus3’da naushnik sloti bor. Bu olamshumul kashfiyot emas!” (ingliz tilidan erkin tarjima)

Kompaniya bu bilan kecha iPhone 7 va iPhone 7 Plus taqdimotlarini o‘tkazgan Apple ustidan kulmoqchi bo‘lgan. Endilikda  iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlaridan standart naushniklardan foydalanish uchun maxsus konnektor kerak bo‘ladi. Albatta, konnektor yangi “olma”larning komplektida birga taqdim etiladi. Ammo bu narsa, shubhasiz, foydalanuvchiga biroz noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Biroq qo‘shimcha to‘lov zvaziga Apple Airpods simsiz naushniklarini sotib olish taklif etilmoqda. Nima ham derdik, “Olma” o‘z repertuaridagi rolni yana qoyilmaqom ijro etmoqda 🙂

photo_2016-09-08_20-42-06

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!