OnePlus asoschisi Apple’ga minnatdorchilik bildirdi

OnePlus asoschisi Apple’ga minnatdorchilik bildirdi

Xitoyning OnePlus kompaniyasi kuni kecha so‘nggi flagmani bo‘lgan OnePlus 5 mobil telefonini smartfon maydoniga tushirdi. Ekspertlarning fikricha, gadjetning o‘ziga xosliklari qatorida birinchi bo‘lib, qo‘sh ob’yektivli bosh kamerani e’tirof etish kerak. Kompaniya direktori Pit Lau The Verge xalqaro nashriga intervyu berar ekan, OnePlus 5’ning 2 ta sensorli bosh kamerasi matritsasini ayni paytda smartfon olamida eng yuqori sig‘imga egaligini qayd etdi.

Eng qizig‘i, kompaniya rahbari kamerafon texnologiyasining ilg‘or jihatlari uchun shaxsan amerikalik ishlab chiqaruvchi Apple’ga minnatdorchilik bildirdi. Pit Launing so‘zlariga ko‘ra, smartfon bozori va sanoatining o‘rgatgani uchun xitoylik ishlab chiqaruvchilar Apple’ga rahmat aytishlari kerak.

Jumladan, Apple iPhone 7 Plus flagmanida joriy qilingan 28 mm.li keng burchakli linza hamda 56 mm.li telefoto linzasi Xitoy smartfonsozlik sanoatida qo‘sh ob’yektivli bosh kamera tendensiyasining rivojiga ulkan turtki bo‘lgan. Xususan, OnePlus 5 ham o‘zining ilg‘or texnologiyasini yaratishda ana shu amerikacha tajribaga suyangan.

OnePlus kompaniyasining kamera texnologiyalari bo‘yicha direktori Simon Liyuning ma’lum qilishicha, OnePlus 5’ning bosh kamerasidagi sensorlar alohida emas, yagona tizimda ishlaydi.

OnePlus 5 bosh kamerasi 16 va 20 megapikselli sensorlar birikuvidan iborat. Buning uchun ilg‘or Sony IMX398 hamda Sony IMX350 telefoto, yaqinlashtiruvchi linza mavjud datchiklaridan foydalanilgan. Bosh kamera fokusni asosiy ob’yektga qo‘yib, uning ortini xiralashtirib olish funksiyasiga ega.

OnePlus kompaniyasining da’vo qilishicha, korpus qalinligi 7.25 mm bo‘lgan OnePlus 5 jahonning eng yupqa telefon apparatlaridan biri. Gadjet 5.5 dyuymli full-HD (1080×1920 pikselli) Optic Amoled displey, 8 yadroli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6/8 GB tezkor xotira bilan ta’minlangan.

Batafsil o‘qing: OnePlus 5: «ayfon kushandasi», eng yupqa smartfon taqdim qilindi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!