Operatorlarimiz orasida birinchi bo‘lib Ucell roumingda cheksiz internet taqdim etmoqda!

  •   DiMaX
  •  1661
  •  26.12.2017 16:35

Operatorlarimiz orasida birinchi bo‘lib Ucell roumingda cheksiz internet taqdim etmoqda!

Uyali aloqa operatorlarimiz xorijga safar qiluvchi abonentlar uchun bir qator rouming xizmatlarini ko‘rsatib kelishmoqda. Ucell esa ular orasida birinchi bo‘lib o‘z mijozlari uchun «Roumingda cheksiz internet» xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu to‘g‘rida operator o‘zining rasmiy sayti orqali xabar bergan.

O‘QING: Ucell «Mening raqamlarim» xizmatini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirdi

Endi xorijda roumingda bo‘lgan Ucell abonentlari mazkur xizmatni faollashtirgan holda, sarflanuvchi megabaytlar haqida o‘ylamasdan, o‘z do‘stlari, oilasi ahli va hamkasblari bilan onlayn rejimda suhbatlashishlari mumkin.

Buning uchun, «Roumingda cheksiz internet» xizmati doirasida 1 kunlik, 7 kunlik va 14 kunlik cheksiz internet-to‘plamlar joriy etilgan. Ularning narxlari tegishlicha 88 000, 555 000 va 999 000 so‘mni tashkil etadi.

To‘plamlardan istalgan birini *969# USSD-so‘rovi orqali faollashtirish va roumingda internet kengliklarida sayohat qilish imkoni mavjud. Bunda har kuni birinchi 100 megabayt internet maksimum tezlikda, keyin esa 64 kb/soniyagacha bo‘lgan tezlikda taqdim etiladi.

«Roumingda cheksiz internet» xizmatining shartlari haqidagi batafsil ma’lumot bilan Ucell sayti orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!