Oppo F7 Youth savdoga chiqarilmoqda

  •   Saroy
  •  1270
  •  25.05.2018 12:32

Oppo F7 Youth savdoga chiqarilmoqda

Shu yilning mart oyi oxirida Xitoyning Oppo kompaniyasi o‘zining Oppo F7 modelini namoyish qilgandi. Endi esa, kompaniya arzon versiyadagi  Oppo F7 Youth’ni savdoga chiqarmoqda.

O‘QING: Oppo A3 – «kemtik»li romsiz ekranga va 4/128 GB xotiraga ega smartfon taqdim etildi

Oppo F7 Youth smartfoni  6 dyuymli, tomonlari nisbati 18:9  va 1080 ga 2280 pikselli displeyga ega. Apparatning yuragini  avvalgisiga o‘xshab, 8 yadroli  Mali-G72 MP3 grafikali  MediaTek Helio P60 chipi tashkil etadi. Uning ishlashiga esa  4 gigabaytli tezkor xotira va 64 gigabaytli flesh-xotira yordam beradi.  64 gigabaytgacha bo‘lgan  microSD xotira kartasi uchun slot ham bor. Selfi-kamerasi 8 Mp moduli bilan jihozlangan. Ammo, barmoq izlari skaneri o‘rnatilmagan, lekin yuzni taniydigan funksiyasi bor. Qurilmada shuningdek, Wi-Fi 802.11b/g/n, Bluetooth 4.2 va GPS ham mavjud. Batareya hajmi 3410 mAch. Qurilmani  OS Android 8.1 Oreo bazasidagi ColorOS 5.0 qobig‘i boshqaradi.

Oppo F7 Youth’ dastlab  qizil va qora rangda chiqishi kutilmoqda, narxi 230 yevro, faqat qachon chiqishi hozircha ma’lum qilinmayapti.

 O‘QING: OPPO tayyorlagan – displeydagi daktiloskopik datchik dunyoda tengsiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!