Oreo’da ishlovchi 6 dyuymlik Sony smartfoni benchmarkda ko‘rindi

  •   DiMaX
  •  1439
  •  14.09.2017 15:25

Oreo’da ishlovchi 6 dyuymlik Sony smartfoni benchmarkda ko‘rindi

GFXBench benchmarkining ma’lumotlar bazasida Sony kompaniyasining shu paytgacha noma’lum smartfoni ustida o‘tkazilgan test natijalari paydo bo‘ldi. Bu haqda Ferra.ru sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, hozircha rasman taqdim etilmagan mazkur model benchmarkda H4233 markirovkasi bilan qayd etilgan.


Test natijalariga nazar solsak, Sony H4233 modeliga diagonali 6 dyuymga teng, 1920 x 1080 piksellar sig‘imiga ega bo‘lgan Full HD-displey o‘rnatilgan. Uning asosiy kamerasi 21, old kamerasi esa 16 megapikselli modullarga ega.

Mazkur smartfonning «yuragi» – 2,2 takt chastotasida ishlovchi, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessoridir. Unga Adreno 508 grafik tezlatgichi ham o‘rnatilgan. Gadjetning tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha, 4 hamda 64 gigabayt hajmlidir.

Yana bir jihati – mazkur devays Google mobil operatsion tizimining yangi – Android 8.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.


Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.