O‘rta narxli Mi Note 3 yanada arzon narxda taqdim qilindi

O‘rta narxli Mi Note 3 yanada arzon narxda taqdim qilindi

Xiaomi kompaniyasi bir necha oy avval o‘rta narxli mobil telefonlar sinfiga mansub Mi Note 3 smartfonini taqdim qilgan edi. Apparat joriy yil birinchi yarim yilligida taqdim qilingan Mi6'ning yanada kattalashgan "merosxo‘ri".

Undagi tezkor xotira 6 GB, doimiy xotira esa 128 gigabaytni tashkil qiladi. Mi Note 3'ning 6 GB "operativka" va 64 GB doimiy xotirali talqini Xitoyda 375 AQSh dollari, 6/128 GB modeli 435 dollar, maxsus ko‘k rangli, 6/128 GB talqini 450 dollardan sotuvga chiqarilgan edi.

Bugun Xitoyda Xiaomi Mi Note 3'ning arzon talqini ham taqdim qilindi. Bu talqinda tezkor xotira 4, doimiy xotira 64 gigabaytli. Narxining arzonligini hisobga olmasa, boshqa jihatdan ikkala Mi Note 3 talqinlari ham bir xil:

- 5,5 dyuymli, ikki yonga qayrilgan uslubdagi, Full HD (1920 x 1080 pikselli) displey;
- shisha va metalldan iborat korpus;
- "flagman chip"dan bir qadam orqada bo‘lgan Snapdragon 660 protsessori;
- 3500 mA soat sig‘imli akkumulyator, tezkor quvvatlash texnologiyasi mavjud;
- bosh kamerasi 2 modulli, har biri 12 Mp sig‘imli. Old kamera — 16 megapikselli. Kamerada foydalanuvchi qiyofasini tanish funksiyasi ham tatbiq qilingan.

"Ajdodi" kabi Xiaomi Mi Note 3 ham 3,5 mm.li audio-tuynukdan mahrum bo‘lgan. Qadoqda maxsus perexodnik taqdim qilinadi. Devays old panelidagi Home sensor tugmasiga barmoq izlari skaneri joylashtirilgan.

O‘qingXiaomi'ning 6 smartfoni uchun MIUI 9 so‘nggi tizim bo‘ladi

2 sim-kartali devaysda Android 7.1 Nougat w/ MIUI tizimi, shuningdek WiFi, Bluetooth 5.0, LTE, NFC, GPS, A-GPS tarmoqlarida ishlaydigan modullar joriy qilingan.

Yangi Xiaomi Mi Note 3 Xitoyda 23 noyabrdan boshlab 300 AQSh dollaridan sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!