O‘rta narxli Nokia 6 (2018)ning hayratga loyiq texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1967
  •  12.12.2017 11:19

O‘rta narxli Nokia 6 (2018)ning hayratga loyiq texnik xususiyatlari fosh bo‘ldi

HMD Global kompaniyasi joriy yilning boshida Nokia 6 smartfonini taqdim qilgan edi. Endi 2018 yilning boshidayoq uning yangilangan talqini – Nokia 6 (2018) bozorga chiqariladi. Bu o‘rta narx toifasiga mansub mobil qurilma bo‘lsa-da, uning kechagina oshkor bo‘lgan texnik xususiyatlari narxiga nisbatan ancha baland bo‘ladi.

O‘QING: Nokia 6 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqmoqda

Xullas, Xitoyning Telekommunikatsiyalar agentligi – TENAA sayti ma’lumotlar bazasida Nokia 6 (2018) smartfonining xususiyatlari aks etgan sahifa paydo bo‘ldi. Shuning evaziga mazkur qurilmaning texnik ta’minoti xususida aniq tasavvurlar beruvchi ma’lumotlar tarqaldi.

Ushbu manba ma’lumotlariga ko‘ra, Nokia 6 (2018) smartfoni qo‘shaloq ob’yektivli bosh kameraga, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 630 protsessoriga ega. Smartfonning tezkor xotirasi hajmi 4, ichki flesh-xotira hajmi esa 32 gigabaytga teng.

O‘QING: Xiaomi o‘z smartfonlarini yaxshilash uchun Nokia bilan o‘zaro manfaatli bitim tuzdi

2018 yilgi Nokia 6 modeli diagonali 5,5 dyuymlik IPS-ekranga ega bo‘lib, uning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda. Ekran korpus old qismini deyarli butunicha egallab olgani sababli, barmoq izi skanerini orqa panelga ko‘chirishyapti.

Nokia 6 (2018) smartfonining model raqami TA-1054 bo‘lib, HMD Global kompaniyasining ta’kidlashicha, undagi ikkita SIM-karta ham to‘rtinchi avlod – LTE 4G uyali aloqa tarmog‘ida ishlay oladi. Mazkur gadjetning dizayni Nokia 7 uslubida bo‘lib, u yana Android Pay to‘lov tizimi bilan ishlay olishi uchun NFC moduli bilan ham jihozlangan.

Smartfon korpusi metalldan bo‘lishi aytilmoqda, uning operatsion tizimi esa eng so‘nggi talqindagi Android 8.1 Oreo bo‘ladi. Uni 2018 yilning yanvar-fevral oylarida ommaga namoyish etishadi.

O‘QING: Nihoyat, Nokia 9 va Nokia 8 (2018) taqdimot sanasi hamda narxlari ma’lum!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.