O‘smirlar qaysi smartfon brendini ma’qul ko‘rishadi?

O‘smirlar qaysi smartfon brendini ma’qul ko‘rishadi?

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Piper Jaffray banki tadqiqot o‘tkazib, 82% o‘smirlar iPhone brendini ma’qul ko‘rishlarini aniqladi. Bu to‘g‘rida Business Insider xabar tarqatmoqda.

So‘rov bir necha minglab amerikalik o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan. Ularning o‘rtacha yoshi 16 da.

Tadqiqotlarga ko‘ra iPhone foydalanuvchilari soni avvalgi yilgi so‘rovlar davridan 4 foizga ko‘paygan. Bu raqamning yanada o‘sishi kutilmoqda. Sababi, tadqiqot ishlarida qatnashgan respondentlarning 84 foizi kelajakda navbatdagi smartfonini Apple korporatsiyasidan xarid qilishiga shubha qilmaydi.

O‘qing: Sukerberg: "O‘zbekiston rossiyalik trollar nishonida bo‘lgan"

Ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik yoshlar Amerikaning yirik IT-ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Google operatsion tizimiga ehtiyoj sezmaydilar. Ishtirokchilarning bor-yo‘g‘i 11% qismi Android tizimda ishlaydigan smartfon tutishini aytgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar bilan birga, nisbatan o‘z ishining ustasi bo‘lgan Statista statistika kompaniyasi taqdim qilgan ma’lumotlarni ham ilova qilib o‘tmoqchimiz. Unga ko‘ra ayni paytda amerikaliklarning 45.3% qismi iPhone smartfonidan foydalanadi. Jahon miqyosida oladigan bo‘lsak, sayyoramiz aholisining aksariyati Android smartfonlardan foydalanadi.

O‘qing: Galaxy J7 Duo rasman taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.