O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan iPhone narxlari (2018 yil 11 may)

  •   DiMaX
  •  4549
  •  11.05.2018 11:24

O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan iPhone narxlari (2018 yil 11 may)

Apple korporatsiyasi smartfonsozlikda yangi innovatsiyalarning boshlab beruvchisi hisoblanadi. Uning ayfonlari telefonlar bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchilari iPhone taqdimotlari bilan hisoblashishga majbur bo‘lishadi.

O‘QING: Apple bu yil nechta ayfon sotganini aytdi

Kupertinolik texnogigantning o‘tgan yil namoyish qilingan iPhone X superflagmani ham, boshqa modellardagi ko‘plab smartfonlari ham O‘zbekiston bozorlarida sotilmoqda. Jumladan, «Terabayt.uz» sayti hamkori – asaxiy.uz onlayn do‘koni ulardan ayrimlarini rasman savdoga qo‘ygan. Yaqindan buyon chegirma bilan sotilayotgan mazkur gadjetlarning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolat beriladi.

Aytib o‘tish o‘rinliki, ushbu devayslarni naqd puldan tashqari plastik kartocha orqali ham, onlayn to‘lov vositalari yordamida ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz. Shuningdek, hamkorlarimiz xaridingizni butun O‘zbekiston bo‘yicha BEPUL yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yishgan. Buning uchun ish vaqtlarida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha +998 (71) 200-01-05 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz kifoya!

O‘QING: "Malika"da hanuz yaxshi sotilayotgan mashhur iPhone endi Hindistonda ishlab chiqariladi

Xullasi kalom, shu kunlarda poytaxtimizda iPhone’larga quyidagicha narxlar belgilanmoqda (ro‘yxat narxlarning o‘sib borishi tartibida tuzilgan):

  1. iPhone 7 32 GB Black, Gold – 4 797 000 so‘m
  2. IPhone 7 128 GB Black, Gold, Jet Black* – 5 494 000 so‘m
  3. iPhone 7 128 GB Red* – 5 658 000 so‘m
  4. iPhone 7 Plus 32 GB* – 5 904 000 so‘m
  5. iPhone 8 64 GB Gold, Silver, Grey – 5 904 000 so‘m
  6. iPhone 7 Plus 128 GB Black, Jet Black* – 6 396 000 so‘m
  7. iPhone 8 Plus 64 GB Grey* – 6 806 000 so‘m
  8. iPhone 8 256 GB Grey* – 7 134 000 so‘m
  9. iPhone 8 Plus 256 GB Grey* – 7 954 000 so‘m
  10. iPhone X 256 GB Grey, Silver* – 9 700 000 so‘m

Aytish kerakki, mazkur ro‘yxatda * belgisi orqali ko‘rsatilgan modellar chegirma bilan sotilmoqda.

Izoh: Apple smartfonlarni yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda xarid qilish uchun, hamkorimizga ish vaqtlarida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha +998 (71) 200-01-05 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni «Terabayt.uz» saytidan olganingizni eslating.

O‘QING: iPhone 9 ixchamroq, qulayroq va arzonroq bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!