O‘zbekistonda 4G dan foydalanish darajasi qanday?

O‘zbekistonda 4G dan foydalanish darajasi qanday?

4G ning O‘zbekistonga kirib kelish darajasi 8,7 foizni tashkil etmoqda. Buni GSMA uchun o‘tkazilgan EY tadqiqotlari ko‘rsatmoqda.  O‘zbekistonda 4G kirib kelish darajasi 2025 yilga borib 35 foizga yetishi mumkin.

Hozir Respublikada 3G ning ko‘rsatkichi 31,4 foizni tashkil etayotgani aytilmoqda.  2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 35 foizga erishilishi ta’kidlanmoqda.

O‘zbekistonda internet foydalanuvchilarning katta qismi hozirda 2G va 3G ni ishlatishmoqda.  Aytib o‘tish joizki, O‘zbekistonda 2G dan foydalanuvchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. 2G hozirda 33,9 foizni ko‘rsatmoqda. 3G dan foydalanish darajasi o‘sib borgani sari 2G foydalanish darajasi pasaymoqda.

O‘QING: Ishonasizmi, atigi 48 dollarga dualsim 4G-smartfon chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.