O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushiriladi

  •   DiMaX
  •  3892
  •  19.04.2018 15:32

O‘zbekistonda ilk bor jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushiriladi

«Beeline O‘zbekiston» kompaniyasi O‘zbekiston banklarining «Beeline» abonentlari bo‘lgan plastik kartalar egalari uchun mobil mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish imkonini beradigan yangi mahsulot ishlab chiqardi. Yaqin vaqt ichida xizmat «Beepul» ilovasida paydo bo‘ladi, shuningdek «Beeline»ning mazkur «MyCredit» mahsuloti Payme tizimida ham amal qiladi, deya xabar bermoqda operator sayti.

O‘QING: O‘zbekistondagi «Bilayn» abonenti hisobini endi «Yevroset» orqali komissiyasiz to‘ldirish mumkin

Internet tarmog‘ida jismoniy shaxslar uchun mikrokreditlarning birinchi bo‘lib «Aloqabank»ning to‘lov kartasiga ega bo‘lgan «Beeline» abonentlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Beeline bergan ma’lumotlarga ko‘ra, sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng, kompaniya istalgan mahalliy bank tizimiga va boshqa to‘lov xizmatlariga innovatsion mahsulotni joriy etishga tayyor.

Mijozlardan yuzaga keladigan savollar va shikoyatlarga zudlik bilan javob berish uchun xizmat haftaning ish kunlari soat 10-00 dan 17-00 gacha ishlaydi. Yaqin kelajakda, MyCredit bilan 24 soat mobaynida 5 kundan 30 kungacha qo‘shimcha hujjatlarni to‘plamasdan va bankka tashrif buyurmasdan mikrokredit olish imkoni paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqichda mikrokreditlar miqdori 200 000 so‘mdan 1 700 000 so‘mgacha (taxminan eng kam ish haqining 10 barobari) bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Firibgarlar qarmog‘i. Plastik kartadagi pullaringiz joyidami?

Mikrokredit olishdan avval nimalarni bilish zarur:

- Uzcard to‘lov kartangiz o‘zingizga tegishli bo‘lishi kerak. Karta «Beeline» mobil telefoniga ulanishi kerak. Tizim sizni tanishi uchun kartaning egasi va uyali telefon egasi ma’lumotlari o‘zaro mos kelishi kerak.

- Mikrokreditni «Beepul», «Payme», bank info-kiosklari yordamida, shuningdek, bank filialida naqd pulda to‘lashingiz mumkin.

- «MyCredit» tizimi sizni mustaqil ravishda aniqlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi va onlayn natijalarni ko‘rsatadi. Mikrokredit olish uchun kartangiz har oyda to‘ldirilishi va faol bo‘lishi kerak. Agar ilovaning barcha bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirgan bo‘lsangiz va ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli qayta ko‘rib chiqilsa (Ommaviy oferta doirasida) mablag‘lar sizning hisobingizga kiritiladi va plastik kartangiz balansida aks ettiriladi.

«Beeline»da innovatsion mahsulotning ishga tushirilishi haqida shunday sharh berildi:

– Skoring tizimi deb atalmish – ma’lum mezonlarga asosan shaxsning to‘lov qobiliyatini baholash umuman mobil banking uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz onlayn-yechimlar tarafdorimiz, chunki biz plastik kartochkalar foydalanuvchilari orasida innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rib turibmiz. Ularning soni yil sayin ko‘payib borayotganini ta’kidlash joiz, mobil to‘lov tizimlari qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bizning maqsadimiz abonentlarga o‘z uylarini tark etmagan holda mikrokredit olish imkonini berishdir. Shu kabi mahsulotlar turli mamlakatlarda muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va chet elda bank sohasida juda mashhur. Bozorni o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng, biz bank sohasida mavjud ekotizimda yangi yondashuv va yangi yechimlar talab qilinadi, degan xulosaga keldik. Biz, hamkorlarimiz AK «Aloqabank» va «PayCom» biz bilan birgalikda ushbu yo‘lda birinchi bo‘lishga qaror qilishganidan juda mamnunmiz. Mahsulotning ishga tushirilishi boshqa maydonchalarda ham, birinchi navbatda bizning «Beepul» ilovamizda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Biz hamkorlikka mutlaqo ochiqmiz va yaqin kelajakda «Beeline» abonentlari uchun xizmat ko‘rsatadigan boshqa banklar ham tizimga ulanishini umid qilamiz, – dedi «Unitel»ning tijorat direktori Maksim Yefremov.

Eslatib o‘tamiz, onlayn tarzda mikrokreditlar berish xizmati ilk bor ishga tushirildi, bu bosqichda mahsulot sinovdan o‘tkazilmoqda.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!