O‘zbekistonda noyabrdan yangi onlayn to‘lov tizimi ishga tushmoqda

  •   DiMaX
  •  1656
  •  30.10.2018 18:09

O‘zbekistonda noyabrdan yangi onlayn to‘lov tizimi ishga tushmoqda

Joriy yilning noyabr oyidan yurtimizda Octo deb nomlangan yangi onlayn to‘lov tizimi ishga tushadi. Bu haqda manbalarga asoslangan holda Anhor.uz nashri xabar bergan.

O‘QING: Prezident qaroriga ko‘ra UzCard monopoliyasiga barham beriladi

Xabarga ko‘ra, Octo tizimi xalqaro plastik kartalar va elektron pullardan foydalanib, mobil ilovalar yoki veb-saytlar orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ayni damda yangi tizimning rasmiy sayti ham ishga tushgan bo‘lib, u o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida faoliyat yuritadi.

Octo onlayn to‘lov tizimi Visa, Master Card, Union Pay, JCB, «MIR», «Yandeks.Dengi» va Qiwi kabi xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalashadi. Yana bir oydan keyin unga Uzcard ham qo‘shilishi kutilmoqda.

O‘QING: Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!