Qanday qilib Redmi Note 5 Pro'ni tekinga olish mumkin?

Qanday qilib Redmi Note 5 Pro'ni tekinga olish mumkin?

Xitoylik "IT-shovvoz" Xiaomi jahondagi portativ elektronika bozorida yaqqol peshqadamlikni egallash uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Deyarli barcha davlatlardagi smartfon bozoriga kirib borgan brend 16 martdan boshlab yanada katta tavakkalchilikka qo‘l urdi. Kompaniya muxlislari bugundan boshlab bir so‘m ham sarf qilmasdan Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfoniga ega bo‘lishlari mumkin. Hali bunaqasi kompaniya tarixida bo‘lmagan.

Xiaomi kompaniyasining ma’lum qilishicha, 16 martdan boshlab "Mi Exchange" dasturi doirasida smartfon foydalanuvchilari o‘zlari tutadigan eski mobil telefonlarni kompaniyaga topshirib, yap-yangi Redmi Note 5 Pro modeliga ega bo‘lishlari mumkin. Romdan xoli ekranli, qo‘sh kamerali smartfon ko‘rinishidan juda hashamdor.

Misol uchun, xohlovchilar o‘tgan yilgi OnePlus 5 flagmanidan voz kechib, Xiaomi ishlab chiqarayotgan zamonaviy ko‘rinishdagi telefonni olishlari mumkin.

Xiaomi hozircha "Mi Exchange" dasturini Xitoy hamda Hindistonda amalga oshirmoqda. Foydalanuvchilarning qo‘llaridagi smartfonga qo‘yilgan narx Redmi Note 5 Pro olish uchun yetmasa, farqni to‘lash kerak bo‘ladi. Yoki aksincha, foydalanuvchi Xiaomi'ga berayotgan smartfon juda qimmatga baholansa, kompaniya ishlab chiqargan boshqa qimmatroq telefonni olsangiz bo‘ladi.

Xiaomi hozircha Redmi Note 5 Pro olish uchun foydalanuvchilardan 15 ta smartfon brendining telefonlarini qabul qilmoqda. Odamlar olib kelayotgan smartfonni narxlash ham juda oddiy -- yangi telefon narxining 40 foizi. Misol uchun, o‘tgan yilgi OnePlus 5 modelini Xiaomi $200, Google Pixel'ni $192, Samsung Galaxy S8+ flagmanini $370 AQSh dollariga baholagan.

O‘qing: 20 megapikselli Xiaomi-selfifoni bugun sotuvga chiqdi

Redmi Note 5 Pro Xitoy va Hindistonda 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB) sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!