Qaysi kompaniya smartfonlari "ikkinchi qo'l" uchun ham eng ko'p sotiladi?

Qaysi kompaniya smartfonlari

Yangi smartfonlar bilan birga bozorda ishlatilgan smartfonlar uchun ham talab ancha yuqori. Shu sabab ham Apple, Samsung va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilari o'zlarining eski modeldagi smartfonlarini olib, ularni ta'mirlab, yangidek holatga keltirib, yana qayta sotish biznesini yo'lga qo'yishgan. Ana shunday "ikkinchi qo'l" uchun sotiladigan smartfonlar bozorida Apple yetakchilik qilmoqda.

Counterpoint Research bergan ma'lumotlarga ko'ra (TechCrunch orqali), Apple kompaniyasining qayta ishlangan smartfonlari sotuvi o'tgan yilda 16 foizga oshgan. Bu esa kompaniyaning ikkinchi qo'l smartfonlari bozoridagi ulushini 2021-yildagi 44% dan 2022-yilda 49% ga oshirgan va butun bozorning deyarli yarmini egallashga yordam bergan.

Ta'kidlash joizki, Apple kompaniyasi anchadan beri o'zi sertifikatlangan eski iPhone smartfonlarini to'g'ridan-to'g'ri o'zining onlayn do'konlari va boshqalar orqali sotadi va ularga bir yillik kafolat ham beradi.

Tahlilchilar Apple'ni qayta ta'mirlangan smartfonlarni sotishda eng tez o'sayotgan brend deya ta'kidlashadi. Xususan, qayta ishlangan iPhone smartfonlari hindistonliklarga Apple ekotizimiga kirish imkonini berishi aytiladi.

Ikkinchi qo'l smartfonlar bozorida iPhone ulushining ko'payishi Android tomonga salbiy ta'sir yetkazgan yoxud Samsung kompaniyasining 2021-yildagi 28% ulushidan 2022-yilda 26% ga, Huawei'ning 4% ulushi 2% ga, barcha Android smartfonlarini 18% ulushi 17% ga tushgan.

Umumiy olganda esa ikkinchi qo'l smartfonlari bozori o'tgan yili 5% ga oshgan. Agar Xitoyning ishlatilgan smartfonlar bozorida 17% ga pasayish kuzatilmaganida bu ko'rsatkich yanada oshgan bo'lar edi, lekin shunga qaramay bu Hindistonga 19% ga yillik o'sishi bilan top o'rinni egallashga yordam bergan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!