Qirmizi olma: Apple'ning yangi avlod flagman smartfonlari rangi oshkor bo'ldi

Qirmizi olma: Apple'ning yangi avlod flagman smartfonlari rangi oshkor bo'ldi

Har yili Apple o'zining iPhone smartfonlari Pro modellarini maxsus rangdagi variantlarda chiqaradi. Masalan, iPhone 12 Pro "Pacific Blue", iPhone 13 Pro "Sierra Blue", hozirgi iPhone 14 Pro esa "Space Black", hamda, "Deep Purple" maxsus ranglarida taqdim qilingan.

9To5Mac o'z manbasiga asoslanib xabar berishicha, bu yilgi iPhone Pro maxsus to'q qizil (Dark Red) yoxud #410D0D kod raqamidagi rangda taqdim qilinadi. Dizayner Ian Zelbo esa ushbu rangdagi iPhone 15 Pro renderini ulashdi.

iPhone 15 Pro maxsus to'q qizil rangda. Foto: 9To5Mac 

Shuningdek, ma'lum bo'lishicha boshlang'ich modellar – iPhone 15 va iPhone 15 Plus uchun ham ikki xil yangi ranglar sinovdan o'tkazilmoqda. Bular #CE3B6C kod raqamli pushti va #0DB1E2 kod raqamli och ko'k ranlari bo'lib, smartfonlar bu ranglarda quyigacha ko'rinadi:

iPhone 15 pushti va och ko'k rangda. Foto: MacRumors

Ta'kidlash joizki, bu ma'lumotlar hali biroz erta va ular taqdimotga yaqin o'zgarishi mumkin, lekin bunday xabarlar odatda katta ehtimol bilan to'g'ri bo'lib chiqadi. Masalan, bir necha yil avval iPhone X smartfoni oltin rangda chiqarilishi ko'p marotaba mish-mish qiligan, lekin bu sodir bo'lmagan. Biroq, smartfon rasman taqdim qilinganidan bir necha oy o'tib tarqatib yuborilgan FCC sertifikati taqdim qilinmagan tilla rangdagi iPhone X modelini oshkor qilgan, ya'ni Apple taqdimotga yaqin bu rang variantidan voz kechgan.

O'QING: iPhone 15 bazoviy modelining CAD renderlari Apple sirlarini oshkor qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!