Qo‘lqopni yechmasdan ham iPhone’ni blokdan chiqarish yo‘li bor!

  •   DiMaX
  •  1725
  •  27.01.2018 17:30

Qo‘lqopni yechmasdan ham iPhone’ni blokdan chiqarish yo‘li bor!

Sovuq tushishi bilan ko‘pchiligimiz egnimizga issiq kiyimlar, qo‘limizga esa qo‘lqop kiyib olamiz. Ammo, smartfonning himoyasini barmoq izi skaneri orqali ochiladigan qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, har gal qo‘lqopni yechib, Touch ID sensoriga barmoq bosib yurish sovuqda malol kelishi mumkin.

O‘QING: Virtual skanerga ega ilk smartfon rasman taqdim qilindi

Apple smartfonlaridagi Touch ID nafaqat barmoq uchidagi teri chiziqlarini, balki hatto teri ostidagi mayda qon tomirchalarigacha hammasini hisobga oladi. Shunday ekan, hatto yupqa qo‘lqop orqali ham daktiloskopik skanerni ishga tushira olmaysiz. Lekin tinib-tinchimagan odamlar buning antiqa yo‘lini topishgan.

Gap shundaki, iPhone’dagi barmoq izi ro‘yxatiga barmoqning emas, balki... burun uchining ham izini qo‘shib qo‘yish mumkin! Ha, bir qaraganda bu g‘alati, ammo amalda qo‘llasa bo‘ladigan usul, axir!

Buning uchun ayfonning sozlamalar – «Nastroyki» menyusidagi «Touch ID i kod-parol», undan esa «Dobavit otpechatok» bo‘limiga kirasiz. Shu joyida ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qilasiz, faqat barmog‘ingizning emas, balki burningizning uchi bilan «Uyga» tugmachasiga bir necha bor teginib, uning izini qoldirasiz.

Agarda ayfoningiz iOS 10 tizim talqinida ishlaydigan bo‘lsa, boshlang‘ich sozlamalarga ko‘ra, unda «Uyga» tugmachasiga barmoqni tekkizishning o‘zi yetarli emas, balki sensorda izi ro‘yxatga olingan shu barmoq bilan uni bosish ham talab etiladi. Ammo buni talab etmaydigan qilib sozlashning ham iloji bor: «Nastroyki» menyusidagi «Osnovnie» bo‘limiga, undan «Universalniy dostup» qismiga, so‘ng «Domoy» bo‘limiga kirasiz va «Otkritiye, prilojiv palets» bandini o‘chirib qo‘yasiz.

Endi sovuq kunda qo‘lqopni yechib yurish ham shartmas: ekranni faol holatga keltirish uchun ayfonni o‘chirish-yoqish tugmachasiga barmog‘ingiz bilan bosasiz, keyin esa burningiz uchi bilan «Uyga» tugmachasiga teginsangiz bas – smartfoningiz blokdan chiqadi!

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!