Qora energiyani 5000 ta robot o‘rganadi

  •   Saroy
  •  624
  •  30.10.2018 12:36

Qora energiyani 5000 ta robot o‘rganadi

Olamning uch o‘lchamli xaritasini tuzish va qora energiyaning ahamiyatini aniqlash uchun AQShda noyob uskuna yaratilmoqda.

DESi (Dark Energy Spectroscopic instrument) loyihasi — galaktika spektrini o‘lchash,  qora energiyani o‘rganish va olamning uch o‘lchamli xaritasini tuzish maqsadida besh yilga mo‘ljallangan missiya hisoblanadi. Ushbu maqsad uchun atay Massachuset texnologiyalar  institutida noyob uskuna yaratilmoqda. U bitta fokal tekislikka joylashtirilgan 5000 ta robotlashtirilgan lokatorlardan iborat bo‘ladi. Ushbu robot-lokatorlar ma’lumotlarni10 ta kengpolosali spektrograflarning biridan uzatadi.

O‘QING: Koinot hamma uchun: AQSh Milliy iftixori sanalgan apparat Yevropada ishlangan bo‘lib chiqdi

DESi loyihasidan ko‘zlangan maqsad, qora energiyaning tabiatini hamda  uning olam kengayishiga ta’sirini tushunishdan iborat. Tadqiqot davomida yulduzlar va kvazarlarning shakllanishi davridagi olam bo‘ylab tarqalib yurgan tovush to‘lqinlari ham o‘rganiladi.

DESi uskunasi galaktikani o‘rganishdagi eng qudratli vosita hisoblanadi. Olam xaritasini tuzish bo‘yicha missiya nihoyasiga yetgach, uskunadan neytronlar massasini o‘lchashda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

O‘QING: Koinot shaxtyorlari: AQShda yangi kasb paydo bo‘lmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!