Qora rangli yaltiroq Galaxy S7 – Samsung’dan Apple’ga javob

Qora rangli yaltiroq Galaxy S7 – Samsung’dan Apple’ga javob

Shu yilning sentyabr oyida taqdim etilgan iPhone 7 va iPhone 7 Plus smartfonlarining qora oniks rangli versiyalari mijozlarning e’tiborini ko‘proq jalb qildi. Apple’ning eng ashaddiy raqibi Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi qora oniks rangli iPhone 7 modeliga javob tarzda Galaxy S7 qurilmasining qora rangdagi yaltiroq versiyasini chiqarmoqchi. iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellaridagi qora oniks rangi alyuminiyni maxsus texnologiya yordamida polirovka qilish natijasida hosil qilingan. Shuning uchun ishonch bilan aytish mumkinki, qora rangli yaltiroq Galaxy S7 “Olma” qurilmalaridan keskin farq qiladi.

Bu haqda Phonearena nashri bergan xabarga ko‘ra, Galaxy S7’ning mazkur rangdagi varianti dekabr oyida sotuvga chiqariladi. Samsung Galaxy S7 shu kungacha 5 xil rang (qora, oq, tilla va kumush, yaqinda esa pushtirang varianti tayyorlandi) versiyasida xaridorlarga taklif qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!