Qoyil! Nokia top o‘ntalikka qaytdi

  •   Saroy
  •  3322
  •  03.08.2018 13:30

Qoyil! Nokia top o‘ntalikka qaytdi

Ishonch bilan aytish mumkinki, Nokia smartfonlar bozorida o‘z o‘rnini qaytadan topdi. Kuni kecha mazkur kompaniya smartfon sotish bo‘yicha eng zo‘r o‘nta kompaniyaning safiga qo‘shilgani haqida xabar tarqatildi. Counterpoint Research mutaxassislarining ma’lum qilishicha, 2018 yilning ikkinchi chorakligida HMD Global smartfon sotish bo‘yicha dunyoda bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

IDC reytinggida smartfon ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha  keyingi vaqtda savdosi pasayib ketganiga qaramay Samsung karvonboshilik qilmoqda. Huawei esa Apple’ni quvib o‘tib ikkinchi o‘ringa chiqib oldi, Xiaomi ham Oppo’dan tobora uzoqlashib, dunyoga ta’sirini faol ravishda oshirib bormoqda. Ammo eng katta o‘sish 782 foiz bilan aynan HMD Global’da qayd etildi.  Kompaniya xalqaro bozordagi ekspansiyasini  bundan atigi  bir yil burun boshlagan edi. Bunday jadal o‘sishni kelgusida ham kuzatib borish juda qiziqarli bo‘lsa  kerak, albatta.

O‘QING:Nokia’dan yangi flagman: narxi 1000 dollar va kamerasi ham alomat

Apreldan iyungacha HMD Global 4.5 million dona smartfon sotgan. Bu albatta, LG va Lenovo/Motorola’dan (10.2 va 9.9 millionta, tegishlicha) ikki barobar oz.

Nokia’ning bozordagi ulushi atigi 1 foizni tashkil etgan, boshqa tomondan olib qaraganda, HTC va Sony kompaniyalari shu ko‘rsatkichni ham qayd eta olmagan. Boshqa kompaniyalarda esa tafovut juda katta. Sotuv bo‘yicha birinchi uchlik bozorning 46 foizini egallab turibdi.

O‘QING:Nokia smartfonlari to‘liq yangilanadi

 Strategy Analytics tahlilchilari Nokia’ning kuchli o‘nlikka qaytganini bahordayoq e’lon qilgan edi. Ammo kompaniyalar hisob-kitobda  turli uslublardan foydalanishi mumkin. Nima bo‘lishdan qat’iy-nazar, HMD Global kelgusi besh yil davomida smartfon ishlab chiqaruvchilarining kuchli beshligiga kirishni mo‘ljallayotgani e’tiborga loyiq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!