Qualcomm allaqachon Snapdragon 670 mobil chipini tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  802
  •  26.12.2017 16:02

Qualcomm allaqachon Snapdragon 670 mobil chipini tayyorlamoqda

Taniqli insayder Roland Kvandt tarqatgan xabarga ko‘ra, Qualcomm kompaniyasi allaqachon Snapdragon 660 mobil chipining davomchisi – Snapdragon 670 raqami ostidagi protsessorini tayyorlamoqda.

O‘QING: Ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 taqdim qilindi

Manbaning xabar berishicha, yaqin orada – taxminan 2018 yilning birinchi choragida yakka kristalli Snapdragon 660 tizimi o‘rniga 670-versiya taqdim etiladi. U 4 yoki 6 gigabaytgacha hajmli LPDDR4X formatidagi tezkor xotirani hamda 64 gigabaytgacha hajmga ega eMMC 5.1 ichki xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu protsessor 2560×1440 pikselgacha aniqlikdagi displey hamda tegishlicha 22,6 va 13 megapikselli asosiy va old kameralar bilan ishlay oladi.

Mazkur xususiyatlar hozirda ko‘proq ilg‘or va yuqori narx toifasiga mansub smartfonlarga to‘g‘ri keladi. Biroq 2018 yilda bunaqa xususiyatlar o‘rta narx toifasidagi – taxminan 300 dollarlik modellarda ham bo‘ladi, deyishmoqda.

O‘QING: Snapdragon 835 ma’lumot uzatishda Huawei protsessoriga mag‘lub bo‘ldi