Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modulini namoyish qildi

  •   Saroy
  •  661
  •  24.07.2018 10:34

Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modulini namoyish qildi

Qualcomm kompaniyasi ilk bor o‘ziga xos 5G antennasini namoyish qildi. Yangi qurilma QTM052, deb nomlangan bo‘lib, u juda ixcham va  mmWave (24 GGs va undan yuqori) diapazonda ishlaydi.

Qualcomm’ning yangi  QTM05 moduliga 5G  aloqasini ta’minlash uchun  bundan avval namoyish qilingan Snapdragon X50 modemini qo‘shish kerak. Ular bir bo‘lib 800 MGs chastotasigacha, diapazonda esa n257, n261 va n260 (26,5 dan 40 GGs’gacha)gacha ishlaydi. O‘zining monitori hajmi tufayli, hatto eng yupqa zamonaviy smartfonlar ham o‘z korpuslarida QTM05’ning to‘rttagacha modulini saqlay oladi. Bu hatto shahar  va ko‘p sonli osmonupar binolar sharoitida ham signallarni a’lo darajada ta’minlaydi. Ma’lumotlarni uzatishning eng yuqori tezligi — 5 Gbit/s, biroq amalda ular 1,4 Gbit/s’dan pastga tushmasa ham yaxshi hisoblanadi.

O‘QING:Smartfonlarning eng keraksiz funksiyalarini bilasizmi?

Qualcomm vakillari yangi 5G mmWave antennasini hayotga joriy qilish uchun smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga allaqachon bergan.  Hozircha dunyodagi ilk 5G-smartfonining chiqadigan sanasi ma’lum emas, biroq uzunquloq gaplarga qaraganda, bu voqea  2019 yilning birinchi yarmida ro‘y beradi.

O‘QING:Ford, BMW va Peugeot-Citroen avtomobillari bir birini yo‘l transport hodisalari va piyodalar haqida xabardor qiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!