Ramkasiz iPhone 8 qanday dizaynda bo‘ladi?

Ramkasiz iPhone 8 qanday dizaynda bo‘ladi?

Internet tarmog‘ida iDrop News dizaynerlari tomonidan ishlangan ramkasiz iPhone 8 konsepti paydo bo‘ldi. Model keng tarzda tarqalgan ramkasiz Apple flagmaniga doir xabarlar asosida yaratilgan.

Mish-mishlarga qaraganda, 2017 yilda  Apple kompaniyasi yangi innovatsion flagmandan tashqari, yana ikkita takomillashtirilgan, biroq avvalgi qurilmalardan katta farq qilmaydigan iPhone 7s va  iPhone 7s Plus smartfonlarini ham taqdim qilishi mumkin, deb yozmoqda Gagadget sayti.

Konseptga asosan, iPhone 8 flagmanining old paneli butunlay ekran bilan qoplanadi. Apparat oynavand korpus, simsiz zaryadlash texnologiyasi va 4K aniqligidagi OLED ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga infraqizil ko‘z yoy skaneri o‘rnatilishi mumkin. Albatta, bularning barchasi hozircha taxmin. Ammo, bir narsa aniqki, “Olma” muxlislari undan anchadan beri yangi va olamshushmul innovatsiyalarni kutishmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!