Redmi Note 5 ilk «jonli» suratda: metall korpus va qo‘sh kamerali!

  •   DiMaX
  •  2285
  •  06.01.2018 10:37

Redmi Note 5 ilk «jonli» suratda: metall korpus va qo‘sh kamerali!

2017 yilning dekabr oyi o‘rtasida Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi ikkita hamyonbop smartfon – Redmi 5 hamda Redmi 5 Plus modellarini taqdim etdi. Ular narxiga nisbatan ancha yaxshi texnik ta’minotga, shuningdek, trendga ko‘ra tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatdagi displeyga ham ega. Ularning taqdimotidan keyinoq kompaniya, endi Redmi Note 5 modeli chiqmasligini, Xiaomi uning o‘rniga bu yildan Redmi 5 Plus modelini ishlab chiqarishini ta’kidlagan edi.

O‘QING: Bu yil "Xiaomi Redmi Note 5" modeli bo‘lmaydi!

Shunga qaramasdan, 2018 yilning boshidanoq internetda bu qurilma bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar tarqaldi. Xitoydagi bir nechta manbalardan tarqalgan xabarlarga ko‘ra, yaqin 2-3 oy ichida Xiaomi korporatsiyasi baribir qoyilmaqom Redmi Note 5 smartfonini taqdim etadi. Hatto mazkur devaysning texnik xususiyatlari va narxi haqida ham ma’lumotlar, shuningdek, taxminiy suratlari chiqa boshladi.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 5: surati, narxi, taqdimot vaqti

Bugun – 6 yanvarda esa ushbu ajoyib smartfonning ilk «jonli» rasmini e’lon qilishdi.

Suratda ham ko‘rib turganingizdek, Redmi Note 5 modelining tashqi ko‘rinishi chindan ham diqqatga sazovor: u ikki yoni qayrilgan romsiz displeyga ega. Telefonning korpusi butunlay metalldan ishlangan, orqa panelida esa qo‘shaloq moduli tikka joylashgan kamera, uning ostida barmoq izi skaneri o‘rin olgan.

Bu smartfon o‘tgan oyda namoyish etilgan va Redmi Note 5 o‘rniga chiqarilayotgani aytilgan Redmi 5 Plus modelidan farq qiladi.

O‘QING: Xiaomi hech kim kutmagan hamyonbop smartfonni baribir taqdim etdi!

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi Note 5 smartfonining ekrani o‘lchami diagonaliga 5,99 dyuymni tashkil etadi. Tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan IPS-displeyining tasvir aniqligi 1920x1080 pikselga teng, ya’ni u Full HD formatida. Xiaomi bu gadjetini 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 632 protsessori, 4 GB tezkor xotira va 64 GB doimiy flesh-xotira bilan jihozlaydi. Devays simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11ac hamda Bluetooth 4.2 LE interfeyslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xiaomi Redmi Note 5 smartfonining qiymati ham aytilmoqda – unga taxminan 220 AQSh dollari miqdorida narx belgilanadi. Bu xususiyatlar haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini bilish uchun esa u haqdagi rasmiy ma’lumotlarni birga kutamiz, bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!