Redmi Note 5 Pro’ga qarshi maydonga tushayotgan Meizu E3 benchmarkda test topshirdi

  •   DiMaX
  •  1633
  •  20.03.2018 11:53

Redmi Note 5 Pro’ga qarshi maydonga tushayotgan Meizu E3 benchmarkda test topshirdi

Meizu kompaniyasi o‘rta narx doirasidagi E3 smartfonini tez kunlarda taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kuni kecha kompaniya rahbarlaridan biri uni janubiy koreyalik texnogigantning so‘nggi flagmani bilan taqqoslab ko‘rsatgan edi.

O‘QING: Taqdim etilmagan Meizu mblu E3 smartfonini Galaxy S9+ bilan taqqoslashdi (+video)

Endi esa ushbu modeldagi smartfonni AnTuTu benchmarkida sinab ko‘rishgani haqida ma’lumot tarqaldi. Test hisobotiga ko‘ra, Meizu E3 qurilmasi Snapdragon 636 protsessori bazasida ishlaydi.

Aytish kerakki, yana bir taniqli xitoylik smartfonsoz – Xiaomi kompaniyasining yaqinda taqdim etilgan Redmi Note 5 Pro modeli ham ayni shu chipga asoslangan. Meizu mblu E3 (yoki Meizu E3) smartfonining xususiyatlariga qarab, kompaniya uni «xitoycha Apple»ning shu smaotfoniga raqobatchi sifatida bozorga chiqarishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Yangi Redmi Note 5 Pro'dagi texnologiya Galaxy S9'da ham yo‘q!

AnTuTu ma’lumotlar bazasida qolgan axborotlarga ko‘ra, Meizu E3 devaysi 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt doimiy flesh-xotiraga ega. Uning ekrani tasvir aniqligi 2160x1080 pikselni tashkil etadi.

Meizu E3 ushbu benchmarkdagi testda 112 478 ball to‘plagan, bu esa Snapdragon 636 protsessori imkoniyatlarini hisobga olganda yaxshi natija.

O‘QING: Yetakchi smartfonsozlar uddalay olmagan texnologiyani Meizu qoyillatdi!

Lekin qizig‘i – uning operatsion tizimi Android 7.1.1 talqinida, holbuki, hozirda aksariyat smartfonlar qadoqdayoq Android 8 talqini bilan taqdim etilmoqda. Taxmin qilish mumkinki, Meizu sinovda bozorga chiqariladigan yakuniy smartfonini emas, balki undan oldingi namunasini qo‘llagan. Rasmiy namoyish vaqtigacha unga keyingi talqindagi operatsion tizim joriy etiladi va uning samaradorligi yaxshi tomonga o‘zgaradi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Meizu E3 asosiy kamerasi 12 hamda 20 megapikselli ikkita datchikka ega bo‘ladi, selfi-kamerasi esa 8 megapikselli bo‘lishi taxmin qilinayotir. 3300 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bu smartfonning barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasida joylashgan.

O‘QING: Kuchli smartfon brendlari bilan rasman ishlaydigan do‘kon ochilishi kutilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.