Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

  •   DiMaX
  •  2727
  •  12.12.2017 13:10

Romsiz Oukitel K10 eng sig‘imdor – naq 11000 mA/soatlik akkumulyatorga ega! (+video)

Xitoyning Oukitel kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni – K10 modeli haqida xabar berdi. U zamonaviy trenddagi romsiz ekranidan tashqari, hozirgacha ma’lum bo‘lgan smartfonlar ichida eng katta sig‘imli – 11000 mA/soatlik batareyasi bilan ham diqqatga sazovor, deb yozadi Ferra nashri.

Aytish kerakki, undan oldingi rekord akkumulyatorli smartfon ham ayni shu kompaniya mahsulotidir.

O‘QING: Akkumulyator borasida «qirol» smartfon savdoga chiqdi

Yuqoridagilardan tashqari, Oukitel K10 o‘zining hashamdor tashqi qiyofasi bilan ham maqtansa arziydi. Devaysning romsiz ekrani old panelni deyarli butunlay egallab olgan. Korpusining orqa paneliga haqiqiy charm qoplangan, romi esa magniy qotishmasidan ishlangan.

Oukitel K10 diagonali 6 dyuymlik ekranga ega, trendga mos tarzda, uning tomonlari ham o‘zaro 18:9 nisbatda. Displeyning tasvir aniqligi Full HD+ formatida (2160x1080 pikselli).

Smartfonning apparat qismiga kelsak, uning ishlash samaradorligi uchun MediaTek Helio P23 (MT6763) protsessori hamda 6 gigabaytlik tezkor xotira mas’ul. Gadjetning ichki flesh-xotirasi ham yaxshi – 64 gigabayt hajmga ega. Qurilma Android 7.1 Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Mana, quyidagi maxsus videolavhada bu gadjet bilan yaqindan tanishishingiz mumkin:

Oukitel K10 kelasi yilning boshida rasman namoyish etilishi kutilayotir. Taqdimotning aniq sanasi, shuningdek, smartfonning narxi hozircha ma’lum emas. Bu borada yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Oukitel'ning O‘zbekistondagi hamyonbop va zamonaviy smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!