Rossiyada katta akkumulyatorli smartfon sotuvi boshlandi

Rossiyada katta akkumulyatorli smartfon sotuvi boshlandi

Tayvanning Acer kompaniyasi Rossiyada 5000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega Liquid Zest Plus smartfonini sotishni boshladi. Bu haqda hi-tech.mail.ru resursi xabar bermoqda. Ishlab chiqaruvchi mazkur smartfonda akkumulyator va kameraning parametrlariga jiddiy e’tibor qaratgan. Bunday yirik sig‘imli akkumulyator smartfondan nisbatan uzoqroq vaqt foydalanishga imkoniyat beradi.

Liquid Zest Plus kamerasiga esa uch xil avtofokus texnologiyasi (fazali, lazerli va kontrastli) tadbiq etilgan. Bunday kamera bilan turli yoritish sharoitlarida ham sifatli kadrlarni suratga tushirish mumkin.

Smartfonga 5,5 dyuymli IPS matritsali ekran, 4 yadroli Mediatek MT6735 protsessori, 13 MPli asosiy va 5MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!