Ruscha-O‘zbekcha lug‘atning yangi versiyasini yuklab oling!

  •   DiMaX
  •  3957
  •  29.03.2017 14:24

Ruscha-O‘zbekcha lug‘atning yangi versiyasini yuklab oling!

O‘zbek dasturchilari tomonidan Android tizimli smartfonlar uchun ishlab chiqilgan Ruscha-O‘zbekcha lug‘at rus yoki o‘zbek tilini o‘rganuvchi yoshlar, o‘quvchilar, talabalarga mo‘ljallangan. Yaqinda uning bazasi va funksional qismlari yangilandi.

Yangi versiyada:

– O‘zbekcha-Ruscha tarjimalar boyitildi (40000 taga yaqin tarjimalar!)

– Endi ruscha so‘zni qidirishda lotincha yozib ham izlash mumkin (klaviatura tilini almashtirish shart emas!)

– Google Play’ga PRO versiyasi chiqarildi (VISA karta orqali sotib olish mumkin!)

– TAS-IX’dagi birinchi professional ilovalar do‘koni – AndroidBozor’dan ilovaning Premium va Extended versiyalarini Click orqali sotib olish imkoni mavjud.

Ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:

Google Play: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.activemedia.udic.russian

AndroidBozor: http://www.androidbozor.uz/app/detail/uz.activemedia.udic.russian

Xo‘sh, ilovaning PRO, Premium va Extended (To‘ldirilgan) versiyalarning qanday farq va afzalliklari bor?

Bepul versiyada ba’zi so‘zlar tarjimalari ko‘rsatilmaydi, faqatgina 80% so‘z ko‘rsatiladi. Qolgan versiyalarda esa to‘liq ko‘rsatiladi. Dastur sotib olinganida, u o‘rnatilgan qurilmada tanlangan versiya avtomatik tarzda faollashtiriladi va doimiy ishlaydi.

PRO – Google Play’dan sotib olinadi, barcha so‘zlar 100% ko‘rsatiladi, baza doimiy yangilanib boradi.

Premium – AndroidBozor’dan (TAS-IX hududidan) xarid qilinadi, barcha so‘zlar 100% ko‘rsatiladi, baza doimiy yangilanib boradi.

Extended – AndroidBozor’dan sotib olinadi, umumiy bazadagi 10% so‘z ko‘rsatilmaydi, baza doimiy yangilanib boradi.

Bundan tashqari, tez kunlarda ushbu ilovada foydalanuvchining so‘zlar yod olishini osonlashtirish uchun TEST qismi ishga tushiriladi.

Ilova bo‘yicha fikr va takliflaringiz bo‘lsa, [email protected] manzilida kutib qolamiz. Bizni kuzatib boring!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!