Samsung 256 gigabaytli xotira qurilmasi ishlab chiqardi

Samsung 256 gigabaytli xotira qurilmasi ishlab chiqardi

Navbatdagi ulkan hajmli microSD qurilmasi Evo Plus bo‘g‘imiga mansubdir. Mazkur qurilma uchuvchisiz uchish apparatlari, panorama va ekshn-kameralar, faxriy (flagman) planshetlar va “aqlli” telefonlar uchun mo‘ljallangan.

256 gigabayt hajmga 12 megapikselli 55 ming surat yoki 12 soatli 4K formatdagi videoni joylash mumkin.

Qurilma V-NAND texnologiyasi asosida yaratilgan bo‘lib, UHS-1 spetsifikatsiyasiga muvofiq keladi. Yozish tezligi 90 Mbayt/soniya, o‘qish tezligi esa 95 Mbayt/soniya.

Mexanik ta’sir, rentgen nurlari, ob-havo va magnit maydoni, shuningdek suv ta’siridan himoyalangan. 10 yilga kafolat beriladi. Bahosi 250 AQSh dollari.