Samsung atigi 1 GB «operativka»li arzon smartfon chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  1563
  •  27.04.2018 11:48

Samsung atigi 1 GB «operativka»li arzon smartfon chiqaryapti

Smartfonlarga tobora kuchli protsessor, katta hajmli tezkor xotira o‘rnatish urfga kirayotgan bugungi kunda Samsung kompaniyasi aksincha yo‘nalishda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qilgan ko‘rinadi. Ya’ni, uning navbatdagi telefoni bor-yo‘g‘i bir gigabayt hajmli tezkor xotiraga ega.

O‘QING: Samsung Galaxy S8 Lite hamda Galaxy A8 Star smartfonlari taqdimotga tayyor

Aftidan, mazkur devays maxsus Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan bo‘ladi. Janubiy koreyalik texnogigant allaqachon bu qurilmasini Geekbench servisida tekshirib ko‘rishga ham ulgurgan. Benchmark bazasida u SM-J260G model raqami bilan qayd etilgan. Mana uning ko‘rsatkichlari:

Ko‘rib turganingizdek, bunaqa texnik xususiyatlarga ega smartfon faqat «qirqilgan» Android Go operatsion tizimida yaxshi ishlay oladi. Axir, hozirgi kunlarda hatto hamyonbop smartfonlar ham 2 gigabayt tezkor xotiraga ega, bu modelda esa atigi 1 gigabayt. Ammo protsessori nisbatan zamonaviy – Exynos 7570 chipi.

Mazkur gadjet bozorga Galaxy J2 Core nomi bilan taqdim etilishi taxmin qilinmoqda. Tabiiyki, yuqoridagi xususiyatlariga ko‘ra, u hamyonbop model bo‘lishi ehtimoli yuqori. Uning taqdimot sanasi hozircha noma’lum, lekin Samsung’ning ko‘plab smartfonlarini O‘zbekistonda ham rasmiy kafolat bilan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!