Samsung Galaxy J2 Core: kompaniyaning Android Go’da ishlaydigan ilk smartfoni
Kuni kecha Samsung kompaniyasi arzon Galaxy J2 Core samartfonining anonsiga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqda xabar qilingan edi. Tarmoqlarda yangi qurilmaning hatto ayrim tavsiflari va renderi ham paydo bo‘lgandi. Bugun ushbu arzon aparat haqida yana boshqa tafsilotlar aytilmoqda.
Mana ular: Samsung smartfon ishlab chiqarish borasida yana Google bilan hamkorlik qilmoqda. Ushbu hamkorlikning ilk nishonasi Galaxy J2 Core smartfoni bo‘ldi. U unchalik kuchli bo‘lmagan qurilmalar uchun yengil ilovalarni ishlata oladigan Android Go’ning soddalashtirilgan tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Shu bois smartfon tavsifi ham u qadar boy emas, ammo shunga yarasha narxi ham arzon.
O‘QING:Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari
Galaxy J2 Core 5-dyuymli Super AMOLED displeyiga ega bo‘ladi, formati qHD yoki 540×960 piksel. Korpusi plastikdan ishlangan. Ekran ostidagi «domoy» tugmachasi va sensorli klavish olib tashlangan. Boshqarish faqat displey orqali amalga oshiriladi.
Smartfonning asosiy kamerasi bittalik, formati — 8 Mp. Old kamerasi 5-megapikselli sensor bilan ta’minlanibdi. Ikkita sim-karta uchun slot ham bor ekan. LTE tarmog‘ini ham qo‘llab quvvatlaydi. Smartfon soddalashtirilgan Android 8.1 Oreo’da Go pristavkasi bilan ishlaydi. Bu, apparat ish samaradorligi pastligiga qaramay ilovalar bilan tez ishlashga moslashtirilgan, deganidir.
Yana bir ma’lumot: hozircha Galaxy J2 Core smartfoni Hindiston va Malayziya bozoriga chiqariladi, deb ma’lum qildi The Verge nashri. Aniq narxi aytilmayapti, lekin apparat 100 dollardan past narxda bo‘lishi aniq.
Galaxy J2 Core tavsifi:
- Displey: 5 dyuymli, formati 540×960;
- Protsessor: Exynos 7570;
- Xotira: 1 GB tezkor va 8 GB doimiy;
- Kamera: asosiysi 8 Mp va old 5 Mp;
- Akkumulyator: 2600 mAch;
- Tizim: Android 8.1 Oreo (Go).
O‘QING:Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!