Samsung Galaxy S10'larga barqaror Android 10 kela boshladi

Samsung Galaxy S10'larga barqaror Android 10 kela boshladi

Mana, va nihoyat Germaniyadagi Galaxy S10 seriyasi smartfonlariga One UI 2.0'ning barqaror proshivkasi kela boshladi.

Avvaliga faqat beta-dastur uchun ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga taqdim qilingan interfeysning barqaror talqini endi butun mamlakatdagi barcha mijozlarga jo‘natilmoqda.

Germaniyalik Galaxy S10 egalari Android 10 asosidagi One UI 2.0 qobig‘ini 1.9GB sarflab yuklab olishlari mumkin. Yangilanish bilan qurilmaning xavfsizlik patchi dekabr oyigacha ko‘tariladi.Germaniyada istiqomat qilmaydigan foydalanuvchilar yangilanish kelishini yana bir necha hafta kutishni xohlashmasa, SamMobile sayti arxividan tizim yangilanishini yuklab olishlari mumkin. S10+ uchun bu yerga, S10 uchun bu yerga, S10e uchun esa mana shu yerga bosing.

Yangilanishni noavtomatik ravishda o‘rnatishdan oldin qurilmangizdagi barcha ma’lumotlarni boshqa devaysga ko‘chirib qo‘yishni unutmang.

E’tibor bering! Agar tizimni o‘rnatish paytida ehtiyotkor bo‘lmasangiz, smartfoningizni ishdan chiqarishingiz ham mumkin!

O‘QING: Samsung qurilmalarining qaysilari qachon Android 10'ga o‘tadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.