Samsung Galaxy S8 Lite hamda Galaxy A8 Star smartfonlari taqdimotga tayyor

  •   DiMaX
  •  2224
  •  25.04.2018 12:09

Samsung Galaxy S8 Lite hamda Galaxy A8 Star smartfonlari taqdimotga tayyor

SamMobile portali e’lon qilishicha, Samsung kompaniyasi o‘zining ikkita – SM-G8750 hamda SM-G8850 model raqamiga ega smartfonlarini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bu raqamlar ostida Galaxy S8 Lite va Galaxy A8 Star modellari yashiringan.

O‘tgan yilgi flagmanning ixcham talqini – Samsung Galaxy S8 Lite (SM-G8750) modelining ekrani 2220x1080 pikselli bo‘lishi aytilayotir. Snapdragon 660 protsessori bazasida ishlovchi ushbu qurilma 4/64 gigabaytlik tezkor va doimiy xotiraga ega. Ta’kidlash kerakki, mazkur SM-G8750 raqamli qurilma benchmarkda testdan o‘tkazilganida, uni Galaxy S9 mini modeli, deya taxmin qilishgandi.

O‘QING: Samsung "hamyonbop flagman"ni qaytarmoqchi!

Shuningdek, ayrim xususiyatlari avvalroq ma’lum bo‘lgan – SM-G8850 raqamli smartfonni ham kuzatuvchilar Galaxy S9+ mini modeli, deyishgan edi. Ammo SamMobile ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur gadjet Samsung Galaxy A8 Star nomi bilan bozorga chiqariladi.

O‘QING: «Galaxy S9+ Mini» – iPhone X dizaynidagi Samsung smartfoni tayyor!

Bu modeldagi smartfon 5,8 dyuymlik (2960x1440 pikselli) Super AMOLED Infinity Display bilan ta’minlangan. Samsung unga o‘zining Exynos 9810 (yoki Exynos 7885) chipini o‘rnatmoqda, telefonning tezkor xotirasi hajmi 4 yoki 6 gigabaytga teng. U 400 gigabaytgacha hajmli microSD kartani qo‘llab-quvvatlashi aytilmoqda.

Galaxy A8 Star bosh kamerasi qo‘shaloq – 12 megapikselli ikkita datchikka ega. Old kamera moduli 8 megapikselli, keng burchakli va avtofokusli. Uning akkumulyatori 3000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

Yangi smartfonlarning taqdim etilish va bozorga chiqarilish sanalari, shuningdek narxlari ham hozircha aniq emas.

O‘QING: VIDEO: Uch ekranli Samsung Galaxy X buklama smartfonini ishlayotgan holatida ko‘rsatishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!