Samsung Galaxy S8’ning uchta romsiz raqibi – katta chegirmada!

  •   DiMaX
  •  4197
  •  25.10.2017 12:05

Samsung Galaxy S8’ning uchta romsiz raqibi – katta chegirmada!

Janubiy Koreyaning gigant smartfonsozi o‘zining Galaxy S8 smartfoni bilan «nihoyasiz displeyli» dizaynni trendga kiritib berdi, desak adashmaymiz. Garchi ungacha romsiz ekranli smartfonlar ham chiqarilgan bo‘lsa-da, ayni shu taqdimotdan so‘ng ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar romsiz, qayrilma displeyga ega qurilmalarga jiddiy e’tibor bera boshlashdi.

Shunisi ham borki, Xitoyning ayrim smartfonsozlari turli jihatlariga ko‘ra Samsung Galaxy S8 bilan bellasha oladigan devayslarini undan ancha arzon narxlarda taklif etishayotir. Buning ustiga, turli sanalar munosabati bilan yoki shunchaki tashkil etilayotgan aksiyalarda ular uchun yana chegirmalar taqdim etiladi.

Jumladan, bugun sizga tavsiya etayotganimiz uchta model ham kuni kecha boshlangan aksiya doirasida 31 oktyabrgacha yirik chegirmalar bilan sotuvga qo‘yilgan. Ulardan Bluboo S8 ushbu aksiya davrida o‘z narxidan 50 dollarga arzonlashgan va unga hozir 139,99 AQSh dollari narxida buyurtma berish mumkin. Maze Comet hamda Homtom S9 Plus modellari esa bu muddat mobaynida asl narxidan 20 dollarga arzon qiymatda taklif etilmoqda. Bu chegirmalar hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va cheklovlarsiz istagan xaridorga taqdim etiladi.

Keling, bu smartfonlarning asosiy xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.

1. Bluboo S8

Ushbu gadjet ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lib, diagonali 5,7 dyuymli displeyi perimetri bo‘ylab yupqagina rom bilan chegaralangan. Burchaklari dumaloqlangan ekran smartfon old panelining 83% qismini egallaydi. Bluboo S8 qora, tillarang va moviy ranglarda ishlab chiqarilmoqda. Undagi 360 Safety dasturiy ustqurmasi ziyonkor ilovalardan himoyalab, qurilmaning xavfsizligini nazorat etib turadi. Jahon bozorida uni «xitoycha Galaxy S8» deya tavsiflashlari bejiz emas. Ishlab chiqaruvchi quyidagi jadvalda bu qurilmasini janubiy koreyalik gigantning Galaxy S8 hamda «xitoycha Apple»ning Mi Mix modellari bilan taqqoslab ko‘rsatadi:

Bluboo S8 smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,7 dyuym, IPS, 720x1440 pikselli, 24 bitli;
  • Protsessor: 1,5 GGs chastotali MediaTek MT6750T + GPU Mali-T860 MP2;
  • Xotira: 3 GB tezkor va 32 GB doimiy + 256 GBgacha MicroSD;
  • Kamera: asosiysi – 13 MP+3 MPlik Sony sensorlari, old kamera – 5 MP;
  • Akkumulyator: 3 450 mA/soat;
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat + 360 Safety.

Bluboo S8 smartfoniga aksiya doirasida 139,99 AQSh dollari narxida buyurtma berish uchun mana bu manzilga o‘tishingiz mumkin.

2. Maze Comet

Xitoyning eng yosh smartfon ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan MAZE kompaniyasi ham bozorda o‘z o‘rnini topib borayotir. Uning «hamyonbop smartfonlar kushandasi» sanalgan Maze Blade modeli hamda «xitoycha Apple»ning Mi Mix modeliga raqib flagmani – Maze Alpha haqida ma’lumotlar berganmiz.

Bugun tavsiya etayotganimiz – Maze Comet qurilmasi ham o‘ziga xos dizayni va kuchli jihatlari bilan ajralib turadi. Mana, o‘zingiz ko‘ring-da...

Maze Comet smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,7 dyuymli, IPS, 720x1440 pikselli, 24 bitli;
  • Protsessor: 1,5 GGs chastotali MediaTek MT6750T + GPU Mali-T860 MP2;
  • Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB doimiy + 256 GBgacha MicroSD;
  • Kamera: asosiysi 13 MPlik Sony sensori, old kamera – 8 MP;
  • Akkumulyator: 4050 mA/soat;
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat + 360 Safety.

Maze Comet smartfoniga aksiya doirasida 169,99 AQSh dollari narxida buyurtma berish uchun mana bu manzilga o‘tish lozim.

3. Homtom S9 Plus

Ushbu ishlab chiqaruvchining smartfonlari bizda uncha ommalashgan emas, ammo Aliexpress'da trendda bo‘lgan super-arzon telefonlar ro‘yxatiga uning ikkita – Homtom HT7 hamda Homtom HT3 modeli kiritilgan. Shuningdek, Homtom HT6 devaysi 6250 mA/s sig‘imli akkumulyatori bilan batareyasi baquvvat smartfonlar qatoridan munosib o‘rin olgan.

Hozirda ushbu ishlab chiqaruvchining aksiya doirasida arzonga taklif etilayotgan modeli – Homtom S9 Plus ham o‘zining romsiz displeyi va boshqa jihatlari bilan e’tiborga loyiq.

Homtom S9 Plus smartfonining texnik xususiyatlari:

  • Displey: 5,9 dyuymli, IPS, 720x1440 pikselli, 24 bitli;
  • Protsessor: 1,5 GGs chastotali MediaTek MT6750T + GPU Mali-T860 MP2;
  • Xotira: 4 GB tezkor va 64 GB doimiy + 256 GBgacha MicroSD;
  • Kamera: asosiysi – 16+5 MP, old kamera – 13 MP;
  • Akkumulyator: 4050 mA/soat;
  • Operatsion tizim: Android 7.0 Nougat + 360 Safety.

Homtom S9 Plus smartfoniga aksiya doirasida 159,99 AQSh dollari narxida buyurtma berish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘ting.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!