Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi

Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘ladi

Bundan bir hafta ilgari saytimizda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Qualcomm Technologies bilan hamkorlikda butunlay yangi texnologiyada ishlangan Snapdragon 835 protsessorini taqdim qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Kuni kecha esa IHS kompaniyasining rahbari va analitik Kevin Vong o‘zining Weibo resursidagi sahifasida  Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 Snapdragon 835 chipida ishlaydigan ilk smartfonlar bo‘lishi haqida ma’lum qildi.

Ferra saytining qayd etishicha, Samsung firmasiga qarashli 10 nanometrli FibFET texnoprotsessi asosida yaratilgan chipsetda ishlaydigan Samsung Galaxy S8 va Xiaomi Mi 6 flagmanlari 2017 yilda sotuvga chiqadi. chipset 14 nm-li protsessorlarga qaraganda 27% samaraliroq ishlaydi, quvvat iste’moli esa 40 foizga kamroqdir. Sanoatda  Snapdragon 835 chipsetining ishlab chiqarilishi mobil protsessorlarning hajmini sezilarli darajada kichraytirdi, bu esa telefonga yanada yirikroq sig‘imli batareyalarni qo‘llash imkoniyatini taqdim etadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!