Samsung Gear S3 «aqlli» soatlari: tizim yangilandi, sifat ham shunga yarasha bo‘ladi
Samsung kompaniyasi o‘zining Samsung Gear S3 “aqlli” soatlari uchun yangilangan Tizen operatsion tizimini joriy etmoqda.
Qurilma proshivkasi R760XXU2CRE3 raqamini oldi. Yangilanish, deganimizda qandaydir global o‘zgarishlarni tushunmasligimiz kerak, asosan, ayrim kamchiliklarga barham berilgan va yangi qulay funksiyalar bilan boyitilgan. Chaqiriq bo‘layotganda trubkani yechish uchun ekranga bosish shart emas, shunchaki, bazelni burab qo‘ysangiz kifoya.
O‘QING: Tanishing: Samsung Galaxy A9 Star va A9 Star Lite smartfonlarining “jonli” fotosi hamda tavsifi
Shuni ham esdan chiqarmangki, ushbu soatlar 2016 yilda chiqa boshlagan edi. U 1.3-dyuymli 360×360 piksel formatli Super AMOLED-displeyi bilan jihozlangan. Qurilmaning ishlashini ikkiyadroli protsessor va 768 MB OZU ta’minlaydi. Bundan tashqari, unga 4 GB’li xotira, 380 mAch bo‘lgan batareya, NFC, GPS, GLONASS, akselerometr, barometr, pulsometr, giroskop, yorug‘lik datchigi, simsiz quvvatlantirgich o‘rnatilgan, shuningdek, qurilma IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan.
O‘QING: Samsung va Apple mojarosi bo‘yicha sud: mag‘lub tomon 539 million dollarga tushdi!
Koreyalik ishlab chiqaruvchilar soatlarning yangi avlodini ishlab chiqarish bo‘yicha izlanishlar olib borayotgani anchadan buyon ma’lum edi. Kelgusi avlod qurilmalari endi Wear OS’da ishlashi ham ma’lum bo‘ldi.