Samsung hamyonbop, ammo flagmancha ekranli Galaxy J6 smartfonini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3692
  •  07.05.2018 18:34

Samsung hamyonbop, ammo flagmancha ekranli Galaxy J6 smartfonini e’lon qildi

Janubiy koreyalik gigant yaqin orada arzon modeli – Galaxy J6 smartfonini yaqin orada taqdim etmoqchi. Samsung Electronics kompaniyasining Ukraina hamda Hindiston uchun rasmiy saytlaridagi qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida ushbu model haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Samsung allaqachon yangi – hamyonbop Galaxy J6 smartfonini tayyorlabdi!

Garchi Samsung’ning arzon smartfonlar turkumiga mansub model bo‘lsa-da, Galaxy J6 qurilmasida romsiz Infinity Display ekrani tatbiq etiladi. Shu paytgacha kompaniya bunday dizaynni faqat flagmanlarida va o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi ayrim modellaridagina qo‘llagan edi.

Ushbu smartfon Wi-Fi Alliance hamda AQSh Aloqa federal komissiyasi (FCC) tashkilotlarida sertifikatsiyadan o‘tganida ham u haqidagi ayrim ma’lumotlar oshkor bo‘lgan edi.

O‘QING: Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

Mazkur devays Exynos 7870 protsessori hamda 2 GBlik tezkor xotira bilan Android 8.0 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlashi ham aytilgan.

Galaxy J6 modelining taqdimot sanasi va narxi hozircha ma’lum emas, biroq Samsung’ning so‘nggi flagmanlari va boshqa smartfonlarini yurtimizda ham bir yillik rasmiy kafolat bilan olish imkoni mavjud.

O‘QING: Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 7 may)