Samsung’ning Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  3370
  •  13.08.2018 10:29

Samsung’ning Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlari ro‘yxati

Joriy oyning boshida Google o‘zining Android operatsion tizimi 9.0 Pie talqinini yakuniy shaklda taqdim etgandi. O‘shandan beri bir nechta smartfonsozlar o‘zlarining ayrim qurilmalari uchun unga asoslangan proshivkalarni chiqarib kelishmoqda.

O‘QING: Android 9.0 Pie’gacha yangilanuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Kuni kecha Samsung korporatsiyasi ham yopiq tarzda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu yangi talqindagi operatsion tizimni qabul qiluvchi smartfonlarining ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari xabar bergan.

Unga ko‘ra, Android 9.0 Pie talqinidagi proshivkagacha Samsung’ning quyidagi modellarga mansub qurilmalari yangilanadi:

  1. Galaxy S8
  2. Galaxy S8+
  3. Galaxy Note 8
  4. Galaxy A8 (2018)
  5. Galaxy A8+ (2018)
  6. Galaxy A6 (2018)
  7. Galaxy A6+ (2018)
  8. Galaxy S9
  9. Galaxy S9+
  10. Galaxy Note 9

Ammo mazkur devayslarga yangi – «pirogli» Android bazasidagi proshivkaning qachon yetib kelishi ma’lum qilinmagan. Kuzatuvchilarning fikricha, janubiy koreyalik texnogigant o‘z mobil qurilmalari uchun ushbu yangi dasturiy ta’minotni keyingi yilda taqdim etsa kerak.

O‘QING: Android 9 Pie’ga o‘tmoqchimisiz? Yodda tuting: orqaga yo‘l yo‘q!