Samsung’ning bo‘lajak flagmani – Galaxy Note 9 xususiyatlari oshkor etildi

  •   DiMaX
  •  3220
  •  09.03.2018 10:21

Samsung’ning bo‘lajak flagmani – Galaxy Note 9 xususiyatlari oshkor etildi

Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasi doirasida Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S9 hamda S9+ smartfonlari bilan barchani hayratda qoldirdi. Endi esa janubiy koreyalik bu korporatsiya navbatdagi flagmani – Galaxy Note 9 fableti ustidagi ishlarga jiddiy kirishgan.

O‘QING: Jozibador Galaxy Note 9 ilk marta ko‘rinish berdi

Turli manbalarning yozishicha, ushbu fabletda na 7 nanometrlik SoC protsessor, na ekranga joylangan daktiloskopik datchik bo‘lmaydi. SlashGear sayti esa kuni kecha Galaxy Note 9 smartfonining texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotni va uning chizma-suratini ham oshkor etdi.

Xullas, Samsung’ning bu top-qurilmasiga diagonali 6,3 dyuymlik, piksellar sig‘imi 2960x1440 bo‘lgan ekran o‘rnatiladi. Uning Xitoy va AQSh bozorlariga mo‘ljallab chiqarilgan versiyasi yakka kristalli Snapdragon 845 tizimiga ega bo‘lsa, Yevropa mamlakatlari uchun Exynos 9810 protsessorli variant taqdim etiladi. Fabletning tezkor xotirasi 6 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 64 yoki 256 gigabaytlik bo‘lishi aytilmoqda.

Mazkur devaysga ayni damda dunyodagi eng kuchli kamerofon bo‘lib turgan Samsung Galaxy S9+ flagmanidagi kabi kamera o‘rnatiladi. Ehtimol, unga qandaydir dasturiy yangiliklar ham kiritishar, ammo bu hozircha faqat taxmin. Old kamera esa 8 megapiksellik datchikka ega.

O‘QING: DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!

Qizig‘i – shuncha katta ekrani va kuchli jihatlariga qaramasdan, Samsung Galaxy Note 9 akkumulyatori kichik sig‘imli – 3300 mA/soatlik bo‘lar ekan. Daktiloskopik datchikning ham o‘rni o‘zgargan – u kamera ostiga ko‘chirilgan.

Xullasi kalom, jamlanmada stilus ham mavjudligini aytmasa, bu fablet Galaxy S9+ modelining sal kattalashtirilgan varianti ekan, deyish ham mumkin. Darvoqe, Galaxy Note 9 narxi ham unikidan taxminan 100 dollarga qimmat bo‘ladi, deyishyapti. Mazkur smartfon joriy yilning avgustida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Samsung Galaxy S9+ o‘tgan yilgi xitoylik flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!