Samsung o‘zi uchun unikal bo‘lgan smartfon tayyorlayapti

Samsung o‘zi uchun unikal bo‘lgan smartfon tayyorlayapti

Taniqli informator @rquandt bilan hamkorlikda Pigtou korpusdan sizib chiquvchi selfi kamerali Samsung Galaxy A smartfoni renderlarini olishga muvaffaq bo‘ldi. Koreyalik kompaniya hozirga qadar pop-ap kamerali smartfon chiqarmagan.

Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 6.5 dyuym diagonalli ekranga ega bo‘ladi. Qurilma o‘lchamlari esa 160.9 x 77 x 9.2 mm ekanligi aytilmoqda. Orqa panelda uchta kamera va barmoq izi skaneri bo‘ladi. Biometrik skaner ekran ostiga qo‘yilganidan taxmin qilish mumkinki, ekran LCD panelli bo‘ladi.

Smartfonda 3.5 mm lik audio jek yo‘q. Bu esa o‘rta toifa smartfonlarida kamdan-kam uchraydigan holatdir. Mish-mishga ko‘ra, bu devays bir necha oydan so‘ng taqdim qilinadi. Ungacha esa qurilma haqida hali ko‘p ma’lumot paydo bo‘ladi.

Yangilanish va tafsilotlar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Samsung o‘ta arzon Galaxy J2 Core (2020) smartfonini taqdim etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!