Samsung to‘liq ekranida ko‘plab tirqishlarga ega smartfon patentladi

  •   DiMaX
  •  1466
  •  19.01.2018 14:13

Samsung to‘liq ekranida ko‘plab tirqishlarga ega smartfon patentladi

O‘tgan yilgi smartfonlar orasida Apple’ning yubiley ayfoni o‘zining yuqorisi «kemtik»li qoyilmaqom ekrani bilan alohida ajralib turadi. Kupertinolik gigantga ergashib, boshqa smartfonsozlar ham ayni shu dizaynda smartfon ishlab chiqishga harakat qilayotirlar.

O‘QING: Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

Ammo «tishlangan olmali» korporatsiyaning ashaddiy raqibi – Samsung Electronics o‘zgacha yo‘ldan borishga qaror qildi. Aniqrog‘i, u ekran dizayni borasida Apple’dan ham o‘zib ketishga harakat qilayotir.

Janubiy koreyalik texnogigantning yangi olgan patentida juda antiqa smartfon tasvirlangan: uning ekrani old panelni butunlay egallab olgan. Displeyda iPhone X’dagi kabi «kemtik» emas, balki turli datchiklar hamda «Uyga» tugmachasi uchun alohida-alohida «tirqish»lar mavjud.

Ya’ni, Samsung’ning yangi qurilmasida yuqorida tilga olingan elementlar displeyning tepasidagi yoki pastidagi romida emas, balki aynin ekranning o‘zida joylashadi – bunaqasi hali bo‘lmagan!

Manbalarga ko‘ra, Samsung shunaqa yondashuvni Galaxy Note 9 fabletidayoq qo‘llashi mumkin. Biroq mazkur patent olingani bilan, Samsung hozircha bunday smartfonni chiqarishga shoshilmasa kerak.

O‘QING: Galaxy Note 9’da barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.