Senat.uz saytiga yosh xakerlar hujum qilgani ma'lum bo'ldi

Senat.uz saytiga yosh xakerlar hujum qilgani ma'lum bo'ldi

Bir necha kun avval Oliy Majlis Senatining rasmiy veb-sayti xakerlar hujumiga uchradi. Endilikda ma'lum bo'lishicha, senat.uz sayti 6 kishidan iborat 14 yoshli xakerlar tomonidan buzib kirilgan.

MarshGolden deb nomlanuvchi xakerlar jamoasi yetakchisi o'zining My5 telekanaliga bergan intervyusida 2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining senat.uz saytiga hujum qilishganini tan oldi:

"2-noyabr kuni soat 11:00 da saytdagi zaiflik hali ham bartaraf etilmagani sababli, davlatga undagi zaiflikni ko‘rsatib qo‘yish maqsadida kiberhujumni amalga oshirdik", - deydi shaxsi oshkor qilinmagan xaker.

14 yoshli jamoa yetkachisining aytishicha, u 2019-yildan boshlab kiberhujumlar uyushtirishni boshlagan. Aytish mumkinki, o'sha paytda yosh xakerning maktabdagi baholari yaxshi bo'lmagan.

"Ilk marta kundalik.com'dan boshlaganmiz. U payt ancha zaif edi. Saytga buzib kirib, baholarimizni to'g'rilab olganmiz. O'shandan keyin jamoa yig'ib, hamma bilan hujum qilishni boshlaganmiz.", - deydi MarshGolden yetakchisi.

Yosh xakerning qo'shimcha qilishicha mamlakatimizda hali kiberxavfsizlik endi kirib kelgan va hali rivojlanmagan, shu sababli O'zbekiston saytlarida zaifliklar ko'p.

Shuningdek, yosh xaker agar sharoitlar yaratib berilsa davlat uchun ham xizmat qilishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilgan.

O'QING: Qanday qilib firibgarlar yangicha usul bilan Telegram akkauntingizga kirib olishi haqida

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.