Sensatsiya: batareykasiz ishlaydigan telefon yaratildi!

  •   DiMaX
  •  1800
  •  30.06.2017 12:09

Sensatsiya: batareykasiz ishlaydigan telefon yaratildi!

Dunyodagi ilk akkumulyatorsiz telefon prototipi taqdim etildi. U quvvatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan oladi, deb yozadi wired.com sayti.

Prototip yaratuvchisi – Sietldagi Vashington universiteti muhandisi Vamsi Talla asosiy qismlarini qurilmaning o‘zidan alohida joylashtirdi. Masalan, raqamli stansiya uyali aloqa tarmog‘iga Skype yordamida bog‘lanadi. Telefon stansiyadan signallarni qabul qiladi va ularni elektr energiyasiga aylantiradi.

Ushbu usul qurilmaning stansiyadan 15 metrgacha uzoqlikda ishlashiga imkon yaratib berdi. Ammo bu hali boshlanishi, muhandislarning bu boradagi rejalari katta. Jumladan, telefon minorasiga o‘rnatiluvchi Wi-Fi-router yordamida telefon va stansiya o‘rtasidagi masofani 1 kilometrgacha uzaytirish mumkin bo‘ladi. Bu hali boshlanishi…

Tallaning so‘zlariga ko‘ra, bunday telefonning ommaviy ishlab chiqarilishiga hali ancha bor. Hozirgi prototip o‘ta oddiy: uning sensorli raqamli paneli hamda mittigina LED-displeyi bor, xolos. Tegishli klavishni bosganda displey yorqinlashadi. Katta sensor ekran uchun esa 400 millivatt atrofida quvvat kerak bo‘ladi, bu esa hozirda Talla ishlatayotgan telefon quvvatidan yuz ming karra ko‘pdir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!