Smartfonlar jangi: Xiaomi Redmi 3s Meizu M3s mini’ga qarshi

Smartfonlar jangi: Xiaomi Redmi 3s Meizu M3s mini’ga qarshi

Hamyonbop smartfonlar haqida gap ketganida tabiiyki ko‘pchilik xitoylik ishlab chiqaruvchilar bo‘lmish Xiaomi yoki Meizu kompaniyalari mahsulotlarini tasavvur qiladi. Boisi, har ikkala kompaniya nisbatan arzon va sifatli “aqlli” gadjetlar ishlab chiqarishda nom qozonishdi. Shunday ekan, savol tug‘iladi – xo‘sh ularning qaysi birining smartfonlari yaxshiroq? Quyida bu savolga Xiaomi Redmi 3s hamda Meizu M3s mini mobil aloqa vositalarini taqqoslash orqali javob berishga harakat qilamiz. Mazkur mobil telefonlar yurtimiz smartfon bozorida o‘rtacha 150 AQSh dollaridan sotilmoqda. Shuningdek, ularni onlayn do‘konlardan ham sotib olish mumkin. Xitoyda ular o‘rtacha 100-120 AQSh dollaridan sotilmoqda.

 Dizayn

Xiaomi Redmi 3s hamda Meizu M3s mini smartfonlari dizayn jihatdan bir-biriga o‘xshab ketadi. Ularning har ikkalasining korpusi aviatsiya sohasida foydalaniladigan yengil alyuminiy metallidan tayyorlangan. Smartfonlarning tom qismi va quyi qismida aloqa sifatini oshirish uchun plastik uloqlar mavjud. Meizu M3s mini raqibiga qaraganda 1 millimetrga kengroq va uzunroq. Biroq bu uning foydalanishlilik jihatiga ta’sir qilmaydi. Xiaomi Redmi 3s 144 gramm tosh bossa, Meizu M3s mini 138 gramm vaznga ega.

Yassi va ravon 2.5D shaklidagi pardoz shishasi tatbiq etilgani  M3s mini smartfoni dizayniga bejirim va serhasham kayfiyat bag‘ishlagan. Xuddi shunday shishadan ushbu brendning avvalgi – M3 Note, MX6 va Pro 6 modellarida ham foydalanilgan edi. Bir qarashda smartfonning hamyonbop, ya’ni arzon turkumga kirishiga ishonish qiyin. Ammo dizaynda shundan bo‘lak o‘ziga xoslik yarq etib ko‘zga tashlanmaydi.

Shu tufayli bu bosqichda Meizu M3s mini’ga 7 ball qo‘yishga qaror qildik.

Xiaomi Redmi 3s dizaynida esa displey chetidan chiqib turgan o‘tkir hoshiyalar qo‘poldek taassurot qoldiradi. Uning dizaynida telefon apparatining biror o‘ziga xosligini uchratish qiyin. Shuning uchun Xiaomi mahsulotiga 6 ball qo‘yamiz.

Foydalanishga qulaylilik

Garchi,  Xiaomi Redmi 3s displeyining atrofi dag‘aldek tuyilsa ham, uning displeyida timdalanishlardan himoya qiluvchi qatlam mavjud. Shu bilan birga, displeyda tatbiq etilgan texnologiya evaziga divan yoki stolda turgan ekran tomoni bilan yotqizilgan Redmi 3s sirpanib ketmaydi. Meizu M3s mini esa juda sirpanchiq. Bu holat ayniqsa, avtomobilga o‘tirganda smartfonning cho‘ntakdan osongina tushib qolishiga sababchi bo‘ladi.

Meizu mazkur smartfonidagi barmoq izlari skanerini mTouch markaziy klavishiga o‘rnatgan. Xiaomi smartfonida esa ushbu skaner orqa paneldagi kamera ostidan, panel markazidan o‘rin olgan. Har ikkala smartfonda skanerning o‘rnashgan o‘rni foydalanishga qulay. Biroq, uning tezkor va aniq ishlashi bo‘yicha Redmi 3s nisbatan ilorlik namoyish etdi.

Redmi 3s aloqa vositasidagi mTouch klavishi ham skaner, ham bosh tugma, qolaversa bosish kuchiga qarab boshqa funksiyalarni ham bajara oladi. Barcha boshqaruv tugmalarining bir yerga jamlangani ham Xiaomi’dan qulay foydalanish imkonini beradi. Redmi 3s an’anaga ko‘ra uchta ketma-ket boshqaruv tugmalari bilan ta’minlangan.

Redmi 3s’da, shu bilan birga, uy-ro‘zg‘or texnikalarini boshqarish mumkin bo‘lgan IK-port (infraqizil port) majvud. Uning yordamida smartfon texnikalarni boshqarish pultiga alanadi. Shu sababli, biz Xiaomi 1’ga bir ball qo‘shib berishga qaror qildik. Redmi 3s — 8, Meizu M3s mini — 7.

Ekran

Xiaomi Redmi 3s hamda Meizu M3s mini gadjetlari 5 dyuymli, piksel sig‘imi HD, ya’ni 1280×720 belgiga teng bo‘lgan displey bilan ta’minlangan. Mazkur diagonal uchun bu yetarli sig‘im hisoblanadi.  FullHD esa qimmatroq, shuningdek yirikroq akkumulyatorni talab qiladi.

Har ikkalovida matritsa turi bir xil — IPS. Yorqinlik zahirasiga egaligi, ranglar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning yuqoriligi bo‘yicha esa Redmi 3s ustunlik qiladi. Meizu M3s mini ekranining chekkalarida tasvir bir oz sarg‘ish yoki ko‘k tusga kirgandek bo‘ladi. Xiaomi  smartfonida esa bunday muammo kuzatilmaydi: uning ekraning hamma qismida surat bir xil —  to‘yingan holatda aks etadi. Faqat qora rang bir oz soya tusiga kiradi.

Shu jihatdan Xiaomi’ning hamyonbop smartfoni 10 dan 7 ball, Meizu mobil aloqa vositasi — 6 ball oldi.

Kamera imkoniyatlari

Xiaomi Redmi 3s hamda Meizu M3s mini’ning bosh kamerasi bir xil sig‘imli — 13 MP. Redmi 3s’da yorug‘likni qamrab olish diafragmasi kattaroq: f2.2. Uning raqibi esa f2.0 hajmli diafragmaga ega. Bu boradagi farq faqatgina yorug‘lik past joyda olingan suratlardagi tafovutda seziladi. Yorug‘lik past joyda har ikkalasi yaxshi surat olishga qiynalib qoladi. Ayniqsa,  Meizu M3s mini olgan rasmlar nisbatan past sifatli. Ularning ikkalasi ham fazali  avtofokus tizimi bilan ta’minlangan.

Har ikkalasida kunduz kuni olingan suratdar sifati bir xil. M3s mini olgan kunduzgi rasmlarda detallarning boyligi bir oz yuqori, biroq Redmi 3s’ning suratlarga rang berish qobiliyati yuqoriroq. Makro, ya’ni ob’yektni yaqindan suratga olishda ham mazkur gadjet yetakchilik qiladi. Selfi masalasida ham har ikkala telefonlarning 5MP sig‘imli kameralari bir xil sifatga ega surat oladi. Zamonaviy selfisevarlar uchun bu unchalik ma’qul bo‘lmasligi mumkin.

Shunday bo‘lsa ham, Meizu’ning arzon mobil aloqa vositasi to‘liq qo‘lda sozlash mumkin bo‘lgan rejimni taklif qiladi. Xiaomi smartfonining kamera ilovasida ISO va oq tus balansini qo‘lda sozlash mumkin. Nima bo‘lganda ham, har ikkala smartfonlar kameralari yordamida Instagram ham boshqa ijtimoiy tarmoqlar lentalarini suratlarga bearmon to‘ldirish mumkin.

Ularning kameralari imkoniyatlariga o‘zingiz baho bering.

Yuioridagi surat  Meizu M3s mini kameraisda olingan surat.

Bu esa  Xiaomi Redmi 3s kamerasining ijod mahsuli hisoblanadi.

Bu raundda har ikkala gadjetga 6 balldan ochko qo‘yildi.

01

Platforma samaradorligi

Xiaomi Redmi 3s hamda Meizu M3s mini’ning platforma samaradorligi ham bir xil.  Redmi 3s mobil qurilmalar salohiyatini baholash benmarklari — Antutu hamda 3DMark’da kuchliroq videokarta hisobiga bir oz yuqoriroq ball to‘plagan.  Protsessorlar salohiyatini baholaydigan Geekbench 3 benchmarkida esa Meyzu M3s mini protsessori bir oz yuqori ball olgan. U 8 yadroli A53 protsessori bilan ta’minlangan. Xiaomi Redmi 3s esa 8 yadroli  Qualcomm Snapdragon 430 protsessoriga ega.

Har ikkala smartfonlar ikki xil modellarda — 2 GB operativ xotira va 16 GB doimiy ichki xotira yoki 3 GB operativ xotira va 32 GB doimiy ichki xotira talqinlarida ishlab chiqariladi.

Tizimning barqaror ishlashi hamda dastur-ilovalarni qiyinchiliksiz o‘qishda bosh talqinda samaradorlik yuqori. Unda grafikaga boy o‘yinlarni ham bemalol o‘ynash mumkin.

Redmi 3s hamda Meizu M3s mini — ijtimoiy tarmoqlardan, brauzer va messenjerlarda zavqlanib foydalanish mumkin bo‘lgan tezkor gadjetlar.  Samaradorlik bo‘yicha har ikkala smartfonga 6 balldan qo‘ysak insofli baho bo‘ladi.

Ichki tizim

Xiaomi Redmi 3s ilk marotaba foydalanayotgan kishi uchun avvaliga bir oz tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Agar smartfon xalqaro tizim proshivkasi bilan ta’minlangan bo‘lsa-ku, yaxshi. Biroq, bu talqin ingliz tilida bo‘ladi. Rus tii talqinini esa topish bir oz mushkul. Uning tizimida bir qancha ilovalar jamlamasi taqdim etilsa ham, u yerda Google Play ilovalari mavjud emas. Buni mustaqil ko‘chirib olish mumkin.

Telefonning xalqaro talqiniga rus tili proshivkani o‘rnatish uchun  bir oz ter to‘kish kerak bo‘ladi: yuklab olish funksiyasini blokirovkadan chiqarib, “custom recovery” buyrug‘ini bering, so‘ngra proshivku. Ushbu jarayon 15 daqiqadan oshiq vaqtni olmaydi.

Meizu M3s mini esa korobkadanoq rus tilin qo‘llab-quvvatlaydi va unda Google Servis mavjud bo‘ladi. Ammo so‘nggi vaqtlarda kompaniya xalqaro talqindagi telefonlarida Google xizmatlarini o‘chirib qo‘yishi mumkinligini ham ma’lum qilgan edi. Xiaomi smartfonidan farqli ravishda, Meizu smartfonlari bizning mintaqada rasmiy sotiladi. Redmi 3s’ga kafolatni faqatgina uni Xitoydan olib kelgan do‘konlardagi servis sentrlar berishi mumkin.

Meizu M3s mini ishlash samaradorligi bo‘yicha bir oz ustun va qulay tizimga ega. Shu sababli ham, unga 8 ball, Redmi 3s apparatiga maksimum 5 ball qo‘yamiz.

Meizu M3s mini

Meizu M3s mini

Quvvat manbai

Xiaomi Redmi 3s’ning ixchamgina korpusida  4100 mA soat quvvatni jam qila oladigan akkumulyator mavjud. Bu HD sig‘imli ekran uchun keragidan ham ziyoda ko‘rsatgich. Uning yordamida hamda qulay protsessor tufayli smartfon to‘la quvvat bilan 2-3 kun bemalol faoliyat ko‘rsata oladi. Uni to‘la quvvatlab 12 soat HD filmlarni tinmadan va yuqori yorqinlikda ko‘rish mumkin.

Meizu M3s mini esa raqibi uyg‘otgan hayratni uyg‘ota olmaydi: uni to‘la quvvatlab 6 soat 45 minut video ko‘rish yoki 5 soat 10 minut o‘yin o‘ynash mumkin. Odatiy foydalanganda esa kun adog‘ida smartfon sizdan uni quvvatlashni so‘radi.

Xiaomi Redmi 3s quvvat manbaining imkoniyatlari bo‘yicha 10 ball, Meizu M3s mini esa odatiy natija ko‘rsatgani uchun 7 ballni qo‘lga kiritdi.

Xiaomi Redmi 3s

Xiaomi Redmi 3s

Audio tizim va imkoniyatlar

Redmi 3s naushniklarida ovoz uzatish imkoniyati  M3s mini’nikidan 10-15 foizga yuqori. Lekin har ikkalasida tovush zahirasi yetarli: metroda ham musifani bemalol tinglash mumkin. Ovoz uzatish imkoniyati bo‘yicha kurashda ularning kuchi teng. Meizu qurilmasi o‘rta va yuqori chastotada, vokalda ovozni yaxshiroq uzatadi. Redmi 3s’da esa bas tovushni uzatish dadil va hajmdor.

Tashqi dinamik imkoniyatiga ko‘ra yana Redmi 3s qobiliyati ustun keladi. Hatto uning ovozi eng yuqori pardaga sozlansa ham xirillab qolmaydi. Xulosa qilsak, bu borada Xiaomi Redmi 3s mutlaq g‘olib. Shu bois unga 7, raqibiga 6 ball qo‘yamiz.

Xulosa qanday?

Mana – natijalarga ko‘ra, Xiaomi Redmi 3s uncha katta bo‘lmagan, ya’ni 2 ball farqi bilan g‘olib bo‘ldi. Bunda asosan uning akkumulyator imkoniyatlari muhim o‘rin egallaydi. Smartfonda har doim uzog‘roq ishlash muhim jihat bo‘lgan. Kimgadir dizayn yoki proshivka yoqmasligi mumkin, ammo bu kamchiliklarni kuchli quvvat tizimi yuvib ketadi.

Meizu M3s mini ham 3020 mA soat quvvat manbaiga ega ko‘ngildagidek telefon apparati. Uning operatsion tizimi qulay va dizayni ham nisbatan jozibador.

Doimgidek, so‘nggi tanlov bu – sizning qaroringiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!