Smartfonlarni solishtiramiz: Huawei P8 Lite (2017) va Xiaomi Redmi 4X

  •   DiMaX
  •  3938
  •  27.11.2017 17:23

Smartfonlarni solishtiramiz: Huawei P8 Lite (2017) va Xiaomi Redmi 4X

Xitoy smartfonsozlari orasida ilg‘orlaridan biri Huawei bo‘lsa, tez ommalashib kelayotganlaridan biri Xiaomi hisoblanadi. Biz ularning texnik xususiyatlari jihatidan o‘zaro yaqin bo‘lgan ikkita modelini o‘zaro taqqoslab ko‘rsatishga qaror qildik.

O‘QING: P8 lite 2017: “Malika”dagi narxiga munosib “Huawei”

Smartfon tanlayotganda, uning o‘zimizni qiziqtirgan jihatlariga e’tibor qaratamiz. Shuningdek, ikki yoki uchta modeldan birida to‘xtalish uchun, ularning xususiyatlarini o‘zaro taqqoslash ham muhim. Biz avval ham ayrim smartfonlarning xususiyatlarini o‘zaro solishtirib taqdim etganmiz, ularga mana bu havola orqali o‘tib ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi Redmi 4X “kuchaydi”, ammo arzonligicha qoldi

Demak, Huawei’ning P8 Lite (2017) modelini «xitoycha Apple» taqdim etgan Redmi 4X modeli bilan qiyosladik. Marhamat, ularning xususiyatlariga nazar soling:

Huawei P8 Lite (2017)

Xususiyatlari

Xiaomi Redmi 4X

Tarmoq

GSM 850, 900, 1800, 1900

2G tarmog‘i

GSM 850, 900, 1800, 1900; CDMA 800, 1900

HSDPA 850, 900, 1900, 2100

3G tarmog‘i

HSDPA 850, 900, 1900, 2100; CDMA2000 1xEV-DO & TD-SCDMA

LTE

4G tarmog‘i

LTE chastota yo‘laklari 1(2100), 3(1800), 5(850), 7(2600), 8(900), 38(2600), 39(1900), 40(2300), 41(2500)

42.2 Mbit/s

HSDPA tezligi

42.2 Mbit/s

5.76 Mbit/s

HSUPA tezligi

5.76 Mbit/s

LTE, Cat4, 150 Mbps download, 50 Mbps upload

LTE tezligi

-

Bor

GPRS

Bor

Bor

EDGE

Bor

-

LTE-A tezligi

LTE-A, (2CA) Cat6, 300 Mbps download, 100 Mbps upload

Dizayn

147.2 mm

Bo‘yi

139.2 mm

72.9 mm

Eni

70 mm

7.6 mm

Qalinligi

8.7 mm

147 g

Vazni

150 g

Qora, oq, tillarang

Korpus rangi

Tillarang, olchasimon pushti, jilosiz qora

Ekran

IPS LCD hajmli sensor ekran

Ekran turi

IPS LCD hajmli sensor ekran

5.2 dyuym

O‘lchami

5.0 dyuym

1080 x 1920 piksel

Piksellar soni

720 x 1280 piksel

424 piksel

Piksellar zichligi

294 piksel

16777216

Ranglar soni

16777216

Apparat xususiyatlari

Android OS, v7.0 (Nougat)

Operatsion tizim

Android OS, v6.0.1 (Marshmallow)

Quad-core 2.1 Ggs Cortex-A53

CPU

Octa-core 1.4 Ggs Cortex-A53 ARM

Quad-core 1.7 Ggs Cortex-A53

CPU (ikkinchi)

 

HiSilicon Kirin 655

Chipset

Qualcomm MSM8940 Snapdragon 435

Mali-T830MP2

Grafik protsessor

Adreno 505

3 Gb

Tezkor xotirasi

2 yoki 3 Gb

16 Gb

Ichki xotirasi

16 yoki 32 Gb

microSD (ikkinchi SIM-karta o‘rniga), 256 Gb.gacha

Xotira kartasi

microSD, 256 Gb.gacha

Kamera

12 megapikselli

Asosiy kamera

13 megapikselli

1080p@30fps

Video

1080p@30fps

f/2.0

Kamera aperturasi

f/2.0

Bor

Avtofokus

Fazali avtofokus

Yorug‘lik-diodli (LCD) chaqnoq

Chaqnoq

Yorug‘lik-diodli (LCD) chaqnoq

HDR, yuzni/tabassumni tanish, geoteglash, panorama, sensorli fokus

Kamera xususiyatlari

HDR, yuzni/tabassumni tanish, geoteglash, panorama, sensorli fokus

8 megapikselli

Old kamera

5 megapikselli

1080p

Old kamerada video

1080p

f/2.0

Old kamera aperturasi

f/2.2

Ovoz

Bor

3.5 mm.lik tirqish

Bor

Bor

Dinamik orqali gaplashish

Bor

Vibro-qo‘ng‘iroq; MP3, WAV ringtonlar

Qo‘ng‘iroq turlari

Vibro-qo‘ng‘iroq; MP3, WAV ringtonlar

FM radio

Multimedia

FM radio

Interfeyslar

Wi-Fi 802.11b, 802.11g, 802.11n

WLAN WiFi

Wi-Fi 802.11b, 802.11g, 802.11n

WiFi ulanish nuqtasi

WiFi Hotspot

WiFi ulanish nuqtasi

WiFi Direct

WiFi Direct

WiFi Direct

v2.0

Microusb versiyasi

v2.0

v4.1

Bluetooth versiyasi

v4.2

A2DP

Bluetooth A2DP

A2DP

LE

Bluetooth LE

LE

EDR

Bluetooth EDR

-

Bor

NFC

-

GPS, A-GPS

GPS

GPS, A-GPS

GLONASS

GPS GLONASS

GLONASS

-

Infraqizil port

Bor

Barmoq izi skaneri (orqa korpusda), akselerometr, kompas, yaqinlashuv datchigi

Datchiklar

Barmoq izi skaneri (orqa korpusda), akselerometr, giroskop, kompas, yaqinlashuv datchigi

Batareya

Li-Ion, olinmaydigan

Akkumulyator turi

Li-Po, olinmaydigan

3000 mA/soat

Akkumulyator

4100 mA/soat

Endi yuqoridagi smartfonlarning narxlari va boshqa xususiyatlariga kelsak. Huawei P8 Lite (2017) modelini O‘zbekistonda 1660000 so‘mga xarid qilish imkoni mavjud. Uning Redmi 4X smartfoniga nisbatan qimmatroq ekanining sabablarini yuqoridagi qiyosdan ham ko‘rdingiz. Qisqacha qilib aytganda, uning ekrani raqibinikiga qaraganda kattaroq, displeyning piksellar sig‘imi kattaroq, NFC interfeysi mavjud. Selfi-kamerasi, protsessori va tezkor xotirasi borasida ham Huawei smartfonining ustunligi mavjud. Shuningdek, O‘zbekistonda Huawei smartfonlariga bir yillik muddatli kafolat berilishini ham yodda tutishimiz darkor.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Xiaomi Redmi 4X modelini ham turli sotuvchilardan xarid qilish imkoni bor, ammo kafolat muddatiga ham ahamiyat qaratish lozim. Uni bir yillik kafolat muddati bilan 1210000 so‘mga olish yoki olti oylik kafolat muddati bilan 1065000 so‘mga xarid qilish imkoniyatlari mavjud. Bir oylik kafolat muddati bilan smartfon sotuvchilardan Xiaomi Redmi 4X olishni esa tavsiya qilmagan bo‘lar edik.

Izoh: Huawei P8 Lite (2017) yoki Xiaomi Redmi 4X smartfonlarini aynan yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda naqd pulga xarid qilish uchun, «Terabayt.Uz» saytining menejeri bilan +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bog‘laning. Iltimos, murojaat etganingizda, narxini va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!